Omonov Oybek Avazxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qarindosh gepatotransplantatsiya dasturini rivojlantirish asosida jigar sirrozining asoratlarini xirurgik davolashga ko‘p variantli yondashuvlar», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib438.
Ilmiy rahbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira Uktamovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdtinovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Akademik A.M. Granov nomidagi Rossiya radiologiya va jarroxlik texnologiyalari ilmiy markazi» Federal davlat byudjet muassasasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘pomilli va ko‘ptarmoqli yondashuvlar asosida jigar sirrozi va uning asoratlarini xirurgik davolashning optimal usulini tanlash konsepsiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patologik jarayonning og‘irligi va varikoz qon ketishining haqiqiy qaytalanishlaridan xolilik darajasini hisobga olgan holda dekompressiv, ajratuvchi xamda endoskopik aralashuvlardan so‘ng jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda portal genezli gemorragik sindromi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
asosiy moyillik omillari (jigar sirrozining zo‘rayishi va gemorragik sindromning qaytalanishi) ta’siriga bog‘liq xolda jigar sirrozi fonida qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishini oldini olish bo‘yicha turli aralashuvlardan so‘ng omon qolganlarning kumulyativ ulushiga aniqlik kiritilgan;
ajratuvchi tashrixlardan farqli o‘laroq, portal gipertenziya omilini bartaraf etish hisobiga kompensatsiyalangan jigar sirrozida portotizimli shuntlash tashrixi funksional dekompensatsiyaning prognostik xavfini pasaytirib, tirik qolish darajasini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan;
kumulyativ omon qolish ko‘rsatkichlari nafaqat qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishini oldini olishga bo‘lgan jarrohlik yondashuv turiga, balki ushbu omilning jigar sirrozi etiologiyasi bilan kombinatsiyasiga (HBV, HBV+HDV, HCV, kasallikning alkogolli va idiopatik shakllari) ham bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
jigar sirrozining etiologik omilini va patologik jarayonning rivojlanish darajasini dinamik baholashni hisobga olgan xolda, qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishi qaytalanishlarini oldini olishdagi turli aralashuvlardan so‘ng gepatotransplantatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj tasdiqlangan;
jigar sirrozining rivojlanishi bilan portal qon oqimi perfuzion ko‘rsatkichining pasayishi, shuningdek, yuqori gipertenziya fonida taloq venasining kichik diametri portotizimli shuntlash tashrixida anastomoz trombozi rivojlanishining patogenetik xavf omili ekanligi isbotlangan;
jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda autooqsilning 7 foizli konsentratsiyasiga erishish uchun oqsilli komponentlarni maksimal darajada saqlash bilan detoksikatsion ul`trafil`tratsiya qilish imkoniyati bilan tavsiflanuvchi assitik suyuqlikni tozalash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar sirrozi va portal gipertenziya asoratlari bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologiyali yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Assitik sindrom bilan asoratlangan JS bo‘lgan bemorlarda assitik suyuqlikni tozalash usuli» takomillashtirilgan (Ixtiro uchun IAP 06496-sonli patent, 05.10.2021). Taklif etilgan usul assitik suyuqlikni olish, uni ul`trafil`tratsiya yo‘li bilan tozalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, autooqsil konsentratsiyasini maksimal darajada saqlab qolish imkonini bergan.
jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda qizilo‘ngach va oshqozonning kardial qismidagi varikoz kengaygan venalardan qon ketishlarni oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda qizilo‘ngach va oshqozonning kardial qismidagi varikoz kengaygan venalardan qon ketishlarni oldini olishda bajariladigan turli aralashuvlar samaradorligini qiyosiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 avgustdagi 08-25667-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qizilo‘ngach yoki oshqozonning varikoz kengaygan venalaridan qon ketish xavfi bo‘lgan jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda patologik jarayonning og‘irligini va jigar transplantatsiyasiga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish imkonini bergan;
jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan xirurgik yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliyotiga, jumladan akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari xirurgiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 avgustdagi 08-25667-son ma’lumotnomasi). Portal genezli gemorragik sindromning qaytalanishini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan, jigardagi patologik jarayonning og‘irligi va etiologiyasiga, turli dekompressiv, ajratuvchi va endoskopik aralashuvlarning klinik samaradorligiga asoslangan protokol, kelajakda jigar transplantatsiyasiga potensial ehtiyoj nuqtai nazaridan, davolash va diagnostik taktikani optimallashtirish imkonini bergan.