Murotov Umid Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aorta ko‘tariluvchi qismini anevrizmasini jarroxlik davolashning texnik jixatlarini takomillashtirish», 14.00.34 – Yurak – qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1998.
Ilmiy rahbar: Abralov Xakimjon Qobiljonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Baxritdinov Fazliddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: professor S.V Ochapovskiy nomidagi №1 sonli ilmiy tadqiqot instituti klinikasi (Rossiya Federatsiyasi).
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: operatsiyaning texnik jihatlarini takomillashtirish orqali aorta yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aorta qopqog‘ining fizroz xalqasiga ikki qatorli chok bilan klapan tarkibli konduitni mustahkamlash bilan tavsiflanuvchi Bentall - De Bono operatsiyasining texnik jihatlarini modifikatsiyalash orqali aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasini xirurgik davolash usuli takomillashtirilgan;
konduitni prokladkada “P”simon choklar bilan  keyingi chok bilan oralig‘ini 5 mm o‘lchamda saqlab mustahkamlash va keyin protez manjetini aorta devorining erkin chetlariga uzluksiz qoplama choklar bilan tikish protezning mustahkam biriktirishi va tizimli bosimda anastomozning to‘liq zichligini ta’minlashi isbotlangan;
oxirgi diastolik, sistolik va zarba hajmi ko‘rsatkichlari dinamikasini hisobga olgan holda aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismini protezlashdan so‘ng yurak faoliyati funksional ko‘rsatkichlarini tiklashning  exokardiografik xususiyatlari aniqlangan;
kasallikning etiologik omilidan kelib chiqib,  xirurgik davolashdan keyin salomatlikning jismoniy va ruhiy tarkibiy qismlari holatining klinik-funksional xususiyatlarini tekshirish orqali bemorlar hayoti sifatining ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasi bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
«Aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasini xirurgik davolash usullari» ishlab chiqildi (ixtiro uchun 2015 yil 10 apreldagi IAP- 05034-son patent). Taklif etilgan usul aorta qopqog‘ining fibroz xalqasiga protez manjet biriktirilishining maksimal zichligi va mustahkamligini ta’minladi, bu esa qo‘shimcha gemostatik choklar zaruratini bartaraf etish va operatsiyadan keyingi qon ketishi xavfini qisqartirish imkonini bergan;
aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasini xirurgik davolash “Aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasini xirurgik davolashning texnik jihatlarini optimallashtirish” nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 8n-z/367-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar aorta yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasili bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini yaratgan;
Aorta yuqoriga ko‘tariluvchi qismi anevrizmasili bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “akad V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy markazi” DM, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining kardioxirurgiya bo‘limiga va «Sino professional medikal» klinikasiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2022 yil 18 iyuldagi 8n-z/367-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish operatsiyadan keyingi asoratlarni 37,0% dan 9,9%ga qisqartirish, o‘lim chastotasini 22,2% dan 5,6%ga kamaytirish va qoniqarli hamda yaxshi operatsiya natijalarini  77,8% dan 94,4% ga oshirish hisobiga aorta ko‘tariluvchi qismi anevrizmasi bilan og‘rigan bemorlarga xirurgik yordam berish sifatini sezilarli yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish