Jabborova Feruza Uzokovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati maxalliy immunitetining adaptiv mexanizmlari» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy raxbarlar: Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasining (COVID-19) klinik va immunologik xususiyatlariga qarab, uning og‘ir xolda kechishida og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immuniteti adaptiv mexanizmini o‘rganish va baholashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 kasalligining o‘rtacha og‘ir va og‘ir darajasi bilan kassalangan odamlarda og‘iz bo‘shlig‘ining klinik o‘zgarishlarni baholash natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati shikastlanishining ta’m va hid sezgirligining buzilishi, til papillalari atrofiyasi, tilning uchi va orqa tarafidagi yoriqlar va giperemiya kabi xarakterli xususiyatlari aniqlangan;
COVID-19 kasalligining og‘ir darajasi bilan kassalangan odamlarda asosiy interferonlar - IFN-α i IFN-γ ning sezilarli pasayishi og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy virusga qarshi himoyasi shakllanishining susayishini aks ettirishi aniqlangan;
COVID-19 kasalligining o‘rtacha og‘ir va og‘ir darajasi bilan kassalangan shaxslar og‘iz bo‘shlig‘ida IL-1β i O‘NO-α miqdorining ko‘payishi, organizmning yallig‘lanishni qo‘llovchi potensiali oshishini hamda yallig‘lanish jarayoni kechishini aks ettirishi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 kasalligining o‘rtacha og‘ir va og‘ir darajasi bilan kasallangan bemorlarda IFN-α sitokinning pasayishi va IL-1β, O‘NO-α sitokinlarning ko‘payishi bilan tavsiflanadigan stomatologik zararlanishlar istiqbolini belgilovchi immunologik mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mahalliy immuniteti adaptiv mexanizmini o‘rganish asosida:
koronavirus infeksiyasiga chalingan odamlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati immunitetini baholashga imkon beradigan «COVID-19 turlicha kechgan shaxslar og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy mukozal immuniteti laborator parametrlarini tahlil qilish uslubi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 8n-r/168-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma COVID-19 turli darajasi bilan kasallangan odamlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mahalliy immunitet holatining laboratoriya metodikasini optimallashtirishga imkon bergan;
koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini aniqlashga imkon beradigan «COVID-19 turlicha kechgan shaxslar og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 8n-r/169-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma COVID-19 turli darajasi bilan kasallangan odamlarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash usulini ishlab chiqishga imkon bergan;