Oltiev Usmon Bebitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarda turli xillardagi anesteziyada organizmning immunologik reaktivligi», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2583.
Ilmiy rahbarlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich DSc, dotsent, Sabirov Djuraboy Marifbaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Zaynitdin Sayfitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Anvar Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Kuban davlat tibbiyot universiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan oldingi va keyingi immun tizimdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda anesteziyaning samarali usullarini aniqlash yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy anesteziya qo‘llanishida anesteziyaning barcha bosqichlarida gemodinamika ko‘rsatkichlarining noturg‘unligi qayd etilgan, bemorlarda yurak ritmining buzilishi,  a’zolar disfunksiyasini rivojlantiruvchi boshqarib bo‘lmas gipotoniya, gipoglikemiya,  traxeya intubatsiyasida qiyinchiliklar qayd etilishi asoslangan;
ilk bor diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarda operatsiya vaqtida umumiy va epidural anesteziya qo‘llanganidan so‘ng ularning qiyosiy jihatdan immun tizim ko‘rsatkichlariga ishonchli salbiy ta’siri kuzatilishi aniqlangan;
ilk bor diabetik tovon sindromi kechuvining og‘irlik darajasi, immunologik, gemodinamik va stress gormon parametrlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan, operatsiya vaqtida bemorlarda umumiy va epidural anesteziya qo‘llanganidan keyin VEGF, MSR-1 va IL-18 konsentratsiyalari ishonarli oshishi asoslangan;
o‘tkazuvchi anesteziyaning immun tizimining barcha bo‘g‘inlariga hamda sitokinlar o‘zgarish darajasi dinamikasiga ijobiy ta’siri isbotlangan va ilk bor organizm immunologik reaktivligini hisobga olib, diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarda operatsiya o‘tkazish uchun anesteziya usulini tanlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarda har xil anesteziya turlarini qo‘llashda organizmning immunologik reaktivligini o‘rganish asosida:
anesteziya usulini tanlashda sitokinlar diagnostik ahamiyatini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Diabetik tovon sindromi mavjud bemorlarda anesteziya usulini tanlashda yallig‘lantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning darajasini aniqlashning diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 mart 8n-p/271-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma mavjud bemorlarda samarali va xavfsiz anesteziya turini aniqlash imkonini bergan, bu hayotiy muhim a’zo va tizimlar tomonidan kuzatiladigan asoratlar hamda o‘lim holatlari kamayishining imkonini bergan;
diabetik tovon sindromini davolashda anesteziya yakunlarini prognoz qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti birinchi son klinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 martdagi 8n-d/141-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar anesteziya yakunlarining prognoz qilinishi hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, a’zolarda disfunksiyalar bilan immunologik falaj rivojlanishi bilan bog‘liq bemorlar hayotiga xavf tug‘diruvchi asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish