Shaeva Ra’no Gayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ soxasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashni maqbullashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1338.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori; Shalabaeva Klara Zulxarnaevna (Qozog‘iston Respublikasi), tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen glikol asosidagi malham bilan lazerli fotodinamik terapiyaning (LFDT) optimal sxemasini qo‘llash orqali yuz-jag‘ soxasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuz-jag‘ soxasining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizish sonining ko‘payishi aniqlangan;
ilk bor LFDT va «Oflomelid» polietilenglikol asosidagi malhamni birgalikda jaroxatga maxalliy qo‘llash orqali ijobiy natijalar olindi va antibiotikka chidamli immunitetga, jaroxat yuzasining mikrobli ifloslanishini kamaytirishga va reparativ jarayonlarga ijobiy ta’siri asoslangan;
amalga oshirilgan biokimyoviy va immunologik tadqiqotlar asosida odontogen flegmonani kompleks davolashda LFDT va polietilen glikol asosidagi "Oflomelid" malhami bilan birgalikda an’anaviy terapiyani qo‘llash maqbul natijalarni beradi: yallig‘lanish hodisalarining tez regressiyasi, ekssudatsiyani qisqartirish va reparativ to‘qima jarayonlarini kuchaytirishi asoslangan;
kompleks davolash tarkibiga polietilenglikolga asoslangan malham «Oflomelid» va lazer fotodinamik terapiyani kiritish orqali davolash chora-tadbirlar samaradorligi an’anaviy davolashga nisbatan oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
yuz-jag‘ soxasining odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
yuz-jag‘ soxasining odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Yuz-jag‘ soxasining odontogen yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda lazerli fotodinamik terapiya usuli" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 apreldagi 8N-D/346-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ soxasidagi yallig‘lanish jarayonlarini kompleks davolashda lazer fotodinamik terapiyadan samarali foydalanishga imkon bergan;
yuz-jag soxasining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlarda odontogen infeksiyalarda gumoral va xujayraviy immunitetning oldini olishga bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Oflomelid” malhamining yuz-jag‘ soxasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda antimikrob faolligi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 apreldagi 8N-D/345-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yuz – jag‘ jarroxligida yiringli yallig‘lanishlarni kompleks davolashda samaradorlikka erishish imkonini beradi bu esa bemorlarni kasalxonada davolanish vaqtini qisqartirishga yordam berdi;
ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining amaliy.faoliyatiga jori     etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8n-z/398 yil 4 noyabrdagi 2021-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining joriy etilishi odontogen yiringli yallig‘lanishi mavjud bo‘lgan bemorlarga stomatologik yordam darajasini oshirishga, davolanish muddatini qisqartirishga va hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish