Ibragimova Shohida Shaazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliya bozori ishtirokchilarini rag‘batlantirishni takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1360.
Ilmiy rahbar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil O‘tkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi moliya bozori ishtirokchilarini rag‘batlantirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddati bir yilgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni «BB» kredit reytingidan past hamda moliyaviy leveraj koeffisienti 0,5 dan yuqori bo‘lmagan korxonalarga emissiya qilish huquqini berish taklif etilgan;
o‘zgaruvchan foiz stavkali (floating-rate) korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish orqali minoritar aksiyadorlar sonini oshirish zarurligi ilmiy asoslangan;
korporativ obligatsiyalarda valyuta riski mukofotini qo‘shish orqali ularni emissiya qilishda ta’minot talabini bekor qilish zarurligi ilmiy asoslangan;
aholining moliya bozoridagi ishtirokini rag‘batlantirishda investisiyalarning kelgusi qiymatini aniqlash mexanizmining raqamlashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moliya bozori ishtirokchilarini rag‘batlantirishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
samarali moliyaviy qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan yuqori likvidlilikga ega bo‘lgan qisqa muddatli ya’ni muddati bir yilgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni (Commercial paper) “BB” kredit reytingidan past hamda moliyaviy leveraj koeffisienti 0,5 dan yuqori bo‘lmagan korxonalarga emissiya qilish huqukini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 6 centyabrdagi, №06/04-01-32/1501-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan qisqa muddatli investisiyalarni jalb qilish imkoniyatini oshirish orqali, moliyaviy faoliyat natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan risklarni miqdoriy darajasini 12 punktga pasaytirish, qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini 8 foizga oshirishga erishilgan;
inflyasiya riskini kamaytirish maqsadida o‘zgaruvchan foiz stavkali (floating-rate) korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish, valyuta riski mukofotini qo‘shish va korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun ta’minot talabini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga doir tasdiqlangan “Yo‘l xaritasiga” kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 6 centyabrdagi №06/04-01-32/1501-son ma’lumotnomasi). Natijada, korporativ obligatsiyalar emissiya qilish xajmini yanada oshishiga olib keladi, bu orqali esa foiz stavkasi riskining oldi olinadi va korporativ obligatsiyalarning jozibadorligi hamda ularga bo‘lgan talabni oshirgan.
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishda investisiyalarning kelgusi qiymatigi aniqlash, risklarni baholash, investision loyihalarni taqqoslash bo‘yicha raqamli moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish taklifi etilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 6 centyabrdagi №06/04-01-32/1501-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish orqali investorlar o‘z hohishiga ko‘ra o‘zgaruvchan stavkali korporativ obligatsiyalarni boshqa moliyaviy instrument bilan ham ayriboshlarlari, investorning huquqlarini hamda imkoniyatlarini kengaytirgan va foiz stavkasi riskini kamaytirga xizmat qilgan;
minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash milliy strategiyasi doirasida 2023 yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-sonli “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 6 centyabrdagi №06/04-01-32/1501-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifda, aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini ko‘chmas mulklar, uzoq yillar davomida foydalanilmaydigan bino-inshootlarni sotib olish orqali, “xarakatsiz” kapitalga aylanib qolishini mumkinligini tushuntirish, mavjud bo‘sh turgan resurslardan oqilona foydalanish orqali yuqorida singari mulklarga yo‘naltirilgan kapitalning daromadliligini xalqaro fond birjalarida moliyaviy instrumentlar savdolarida ishtirok etish orqali 10 foizgacha oshirish asoslangan.