Toshpulatov Davron Akromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida risklarni baholash va boshqarishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt385.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori; Sattarov Odiljon Berdimuratovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Aksiyadorlik-tijorat «Aloqabank».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bank risklarini baholash va boshqarishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida asosiy risk ko‘rsatkichlarini (KRI) baholash va boshqarishda «risklarni tanlash – to‘plash – tekshirish – monitoring –limitlarni boshqarish – hisobot berish – qaror qabul qilish» bosqichlari taklif etilgan;
banklarda kredit foizini resurs narxi va operatsion xarajatlardan tashqari mijozning tranzaksion riski, defolt holatida aktivning qaytishi (RR) va kredit loyihasi bo‘yicha risklarni hisobga olgan holda belgilash taklif etilgan;
banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini to‘plangan ballar asosida yashil – «tavsiya etiladi», sariq – «qo‘shimcha o‘rganish» va qizil – «kreditga layoqatsiz» toifalar bo‘yicha skoring baholash taklif etilgan;
banklarda risklarni oldindan aniqlashda stress-testning turli ssenariylarida risklarning bank moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sirini har bir ko‘rsatkich bo‘yicha alohida emas, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxlit (kompleks) baholash mexanizmi taklif etilgan;
bank strategik va biznes-reja ko‘rsatkichlariga erishishda risk appetiti va risk profili (tarmoq) ko‘rsatkichlarini «past risk», «o‘rta risk» va «yuqori risk» toifalar bo‘yicha baholash taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari risklarni baholash va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida asosiy risk ko‘rsatkichlarini (KRI) baholash va boshqarishda «risklarni tanlash – to‘plash – tekshirish – monitoring –limitlarni boshqarish – hisobot berish – qaror qabul qilish» bosqichlari taklifi «Agrobank» ATB Kengashining 2019 yil 10 iyuldagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan «Agrobank» ATB Tavakkalchiliklarini boshqarish siyosati»da («Agrobank» ATB ning 2022 yil 20 apreldagi 35-12/66-son ma’lumotnomasi) va «Qishloqqurilishbank» ATB Kuzatuv kengashining 2020 yil 30 yanvardagi 2-son bajlis bayoni bilan tasdiqlangan «Bank risklarini boshqarish siyosati»da o‘z aksini topgan («Qishloqqurilishbank» ATBning 2022 yil 22 apreldagi 03/12-07-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada banklarning turli funksional/biznes bo‘linmalarida asosiy risk ko‘rsatkichlari uchun limitlarni, risk chegarasi doirasi, cheklov buferini o‘rnatish, risklarni boshqarish tizimidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradigan boshqarish mexanizmlarining ko‘lami va samaradorligini baholash takomillashtirilgan;
banklarda kredit foizini resurs narxi va operatsion xarajatlardan tashqari mijozning tranzaksion riski, defolt holatida aktivning qaytishi (RR) va kredit loyihasi bo‘yicha risklarni hisobga olgan holda belgilash taklifi «Agrobank» ATB Kengashining 2019 yil 10 iyuldagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan «Agrobank» ATB Tavakkalchiliklarini boshqarish siyosati»da («Agrobank» ATB ning 2022 yil 20 apreldagi 35-12/66-son ma’lumotnomasi) va «Qishloqqurilishbank» ATB Kuzatuv kengashining 2020 yil 30 yanvardagi 2-son bajlis bayoni bilan tasdiqlangan «Bank risklarini boshqarish siyosati»da o‘z aksini topgan («Qishloqqurilishbank» ATBning 2022 yil 22 apreldagi 03/12-07-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada banklarda kredit loyihalarining risk qiymati (cost of risk) baholanib, kredit foizini belgilash va kredit riskiga zaxira yaratish imkonini bergan;
banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini to‘plangan ballar asosida yashil – «tavsiya etiladi», sariq – «qo‘shimcha o‘rganish» va qizil – «kreditga layoqatsiz» toifalar bo‘yicha skoring baholash taklifi «Agrobank» ATB Kengashining 2020 yil 9 yanvardagi 1/2-son qarori bilan maqullangan «Bankning 2020 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatining asosiy qo‘nalishlari»da o‘z aksini topdi («Agrobank» ATB ning 2022 yil 20 apreldagi 35-12/66-son ma’lumotnomasi). Natijada skoring baholash bo‘yicha to‘plangan ballarga asosan, mijoz yashil, sariq yoki qizil toifalardan biriga tushib kredit riskini oldini olish bo‘yicha qisqa fursatda xulosa qilish imkonini bergan.
banklarda risklarni oldindan aniqlashda stress-testning turli ssenariylarida risklarning bank moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sirini har bir ko‘rsatkich bo‘yicha alohida emas, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxlit (kompleks) baholash mexanizmi taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kuzatuv kengashining 2020 yil 22 sentyardagi 2020/20-son bajlis bayoni bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tizimida stress-test o‘tkazish siyosati»da o‘z aksini topgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning 2022 yil 14 iyundagi 06-09-14/3545-son ma’lumotnomasi) Natijada bankning deyarli barcha faoliyatlariga ta’sir qilishi mumkin risklarni baholash ta’minlangan;
bank strategik va biznes-reja ko‘rsatkichlariga erishishda risk appetiti va risk profili (tarmoq) ko‘rsatkichlarini «past risk», «o‘rta risk» va «yuqori risk» toifalar bo‘yicha baholash taklifi «Agrobank» ATB Kengashining 2019 yil 10 iyuldagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan «Risk appetiti va risk profili siyosati»da («Agrobank» ATB ning 2022 yil 20 apreldagi 35-12/66-son ma’lumotnomasi) va «Qishloqqurilishbank» ATB Kuzatuv kengashining 2020 yil 30 yanvardagi 2-son bajlis bayoni bilan tasdiqlangan «Risk appetiti va risk profili siyosati»da o‘z aksini topgan («Qishloqqurilishbank» ATBning 2022 yil 22 apreldagi 03/12-07-2581-son ma’lumotnomasi) Natijada bank risklarni qabul qilish doirasida «Agrobank» ATB da bank biznes-rejasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2021 yilda 106 foizga, «Qishloqqurilishbank» ATB da 109 foizga hamda strategik maqsadlarga erishish uchun bank tomonidan oldindan qabul qilishga yoki rad etishga rozi bo‘lgan risklarning toifalarini ishlab chiqish imkonini bergan.