Norov Akmal Ruzimamatovichning
fann doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt351.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Sattorov Odiljon Bedimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashda uning kreditni so‘ndirish qobiliyati bilan birga yaqin istiqbolda faoliyatini rivojlantirish salohiyatini 200 ball oralig‘ida 5 toifaga ajratish asosida «ball tizimi» shkalasi orqali baholash taklif etilgan;
har bir potensial kredit oluvchi tadbirkorlik sub’ekti kredit ta’minoti sifatining baholash mezonlarini «yaxshi» (KTSya=0,76 – 1,0), «o‘rta» (KTSo‘=0,61 – 0,75) va «qoniqarli» (KTSq=0,51 – 0,6) chegaralar kesimida tasniflashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash jarayonida iqtisodiy faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda muammoli kreditlar hosil bo‘lishining keng tarqalgan ssenariylarini «raqamli kredit konveyeri» platformasiga kiritib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirishning har bir bosqichi monitoringini joriy etish orqali muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish taklif etilgan;
tijorat banklarida islomiy bank tamoyillari (qarz mablag‘larini foizsiz taqdim etish) asosida xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish natijasida bank omonatlaridan foydalanishning kengayishi banklardagi resurs taqchilligini bartaraf etish, kredit portfeli diversifikatsiyasini oshirish va muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirishga xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2025 yilga qadar kredit resurslari hamda kreditlar hajmi o‘sishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashda uning kreditni so‘ndirish qobiliyati bilan birga yaqin istiqbolda faoliyatini rivojlantirish salohiyatini 200 ball oralig‘ida 5 toifaga ajratish asosida «ball tizimi» shkalasi orqali baholash taklifidan ATB «Mikrokreditbank» («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 fevraldagi № 05-33/231-son ma’lumotnomasi) va AT «Xalqbanki» (Aksiyadorlik tijorat «Xalqbanki»ning 2022 yil 16 martdagi № 4977-son ma’lumotnomasi) kreditlash amaliyotlarida foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ATB «Mikrokreditbank» va AT «Xalqbanki» larining 2021 yilda kredit portfeli oldingi yilga nisbatan sezilarli tarzda oshirish imkonini bergan;
har bir potensial kredit oluvchi tadbirkorlik sub’ekti kredit ta’minoti sifatining baholash mezonlarini «yaxshi» (KTSya=0,76 – 1,0), «o‘rta» (KTSo‘=0,61 – 0,75) va «qoniqarli» (KTSq=0,51 – 0,6) chegaralar kesimida tasniflash yuzasidan berilgan taklifidan ATB «Mikrokreditbank» («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 fevraldagi № 05-33/231-son ma’lumotnomasi) va AT «Xalqbanki» (Aksiyadorlik tijorat «Xalqbanki»ning 2022 yil 16 martdagi № 4977-son ma’lumotnomasi) kreditlash amaliyotlarida foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ATB «Mikrokreditbank» va AT «Xalqbanki» larining kreditlarini qaytmaslik xatari bo‘yicha yaratilgan zaxira qoldiqlari oldingi yilning mos davriga nisbatan kamayish imkonini berdi;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash jarayonida iqtisodiy faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda muammoli kreditlar hosil bo‘lishining keng tarqalgan ssenariylarini «raqamli kredit konveyeri» platformasiga kiritib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirishning har bir bosqichi monitoringini joriy etish orqali muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish taklifidan ATB «Mikrokreditbank» («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 fevraldagi № 05-33/231-son ma’lumotnomasi) va AT «Xalqbanki» (Aksiyadorlik tijorat «Xalqbanki»ning 2022 yil 16 martdagi № 4977-son ma’lumotnomasi) kreditlash amaliyotlarida foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ATB «Mikrokreditbank» va AT «Xalqbanki» larining xavfli mijozlar segmentlarini faol ravishda kreditlanishiga qaramay kredit portfelining sifati yuqori darajada saqlanib qolish va muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish imkonini berdi;
tijorat banklarida islomiy bank tamoyillari (qarz mablag‘larini foizsiz taqdim etish) asosida xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish natijasida bank omonatlaridan foydalanishning kengayishi banklardagi resurs taqchilligini bartaraf etish, kredit portfeli diversifikatsiyasini oshirish va muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish taklifidan ATB «Mikrokreditbank» («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 fevraldagi № 05-33/231-son ma’lumotnomasi) kreditlash amaliyotida foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklif ATB «Mikrokreditbank»ning rivojlanish strategiyasiga kiritilishi belgilangan;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2025 yilga qadar kredit resurslari hamda kreditlar hajmi o‘sishining prognoz ko‘rsatkichlari taklifidan ATB «Mikrokreditbank» («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 fevraldagi № 05-33/231-son ma’lumotnomasi) kreditlash amaliyotida foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklif ATB «Mikrokreditbank»ning rivojlanish strategiyasiga kiritilgan.