Axrorov Zarif Oripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Foydani soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1160.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Agzamov Avazxon Talgatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi foydani soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i bo‘yicha mavjud qarzdorlikni hamda soliq bo‘yicha jarima va penyalarni ma’lum muddatga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash orqali korxona ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘ qoldirish asoslangan;
turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish va shu orqali korxona ixtiyorida qoldirilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirish taklif etilgan;
mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Foydani soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foyda solig‘i bo‘yicha mavjud qarzdorlikni hamda soliq bo‘yicha jarima va penyalarni foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 avgustdagi PQ-5232-son «Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 31 martdagi 06/04-01-01-37/878-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda foyda solig‘i bo‘yicha mavjud qarzdorlikni, shuningdek, soliq bo‘yicha jarima va penyalarni foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqini berilgan va mablag‘larning korxonalar ixtiyoriga vaqtincha qolayotgan mablag‘lardan qo‘shimcha foydaga erishish orqali davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga erishilgan;
turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son «O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 31 martdagi 06/04-01-01-37/878-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi sohaning jadal sur’atlarda tiklanishini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari faoliyatini rivojlanish darajasini foyda solig‘i imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha holatini monitoring asosida yorqin aks ettirish hamda ularga investisiyalarni jalb etish orqali rivojlantirishning amaliy asoslarining takomillashuvi ta’minlangan;
sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 avgustdagi PQ-5239-son «Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 31 martdagi 06/04-01-01-37/878-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida korxonalar ixtiyoriga qolayotgan mablag‘lardan aylanmani amalga oshirib qo‘shimcha foydaga erishishga xizmat qilgan;
mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 31 martdagi 06/04-01-01-37/878-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari ixtiyoriga qolayotgan mablag‘lardan aylanmani amalga oshirib qo‘shimcha foydaga erishilgan.