Asatillaev Furqatjon Raxmatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘alladan keyin burchoq va tritikaleni qo‘shib ekish agrotexnologiyasining elementlari”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/Qx487.
Ilmiy rahbar: O‘razmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Razzaq Oripov, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz, kuchsiz sho‘rlangan, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida burchoqni aloxida hamda tritikale bilan birgalikda qo‘shib ekish usullari, me’yorlari va oziqlantirishga bog‘liq holda tuproq unumdorligini oshirish, yuqori va sifatli ko‘k massa hosili etishtirib chorvachilik uchun qo‘shimcha ozuqa bazasini yaratishni ta’minlaydigan agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz, kuchsiz sho‘rlangan, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlari sharoitida burchoq va tritikaleni (Burchoqning “G‘urur” navi, tritikalening “To‘yimli” navlarini) takroriy ekin sifatida maqbul ekish usullari (60/15 sm), me’yorlari (250/150 kg/ga) hamda oziqlantirish me’yorlari (N100, R70, K50 kg/ga) aniqlangan.
takroriy ekin sifatida o‘rganilgan burchoq va tritikale ekinlarini ekish usullari, me’yorlari va o‘g‘itlarning tuproqning xajm massasi (0,075g/sm3) yaxshilangan, hamda agrokimyoviy hossalariga ta’siri aniqlangan;  
burchoq va tritikalenining o‘sishi-rivojlanishi, ko‘k massa hosili (804,2), ozuqa birligi (13215) va xazm bo‘ladigan proteini (183,9 kg/ga) ortishiga qo‘llanilgan agrotexnologiya elementlarining ta’siri aniqlangan;
chorvachilik uchun qo‘shimcha ozuqa bazasini yaratishda o‘rganilgan ekinlarning tuproqda qoldirgan ang‘iz (36,6) va ildiz qoldiqlari (49,8) hamda ular tarkibida ozuqa unsurlarining tuproq unumdorligini oshirishi, yuqori va sifatli ko‘k massa hosili olishning (8730,8) iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir etib, rentabellik 76,8% ga ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tloqi soz, kuchsiz sho‘rlangan, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligini oshirish va chorva xayvonlariga ko‘proq ozuqabop ekinlarni etishtirish maqsadida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
g‘alladan keyin burchoqni aloxida va tritikale bilan qo‘shib ekib, yuqori va sifatli ko‘k massa xosili etishtirishni ta’minlaydigan agrotexnologiyalarni takomillashtirish borasida “G‘alladan keyin burchoq va tritikale etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-oktyabrdagi №02/025-4050-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiyanoma viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, ko‘p tarmoqli chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
burchoq va tritikaleni 60 sm qator orasiga 250/150 kg/ga miqdorda qo‘shib ekib, N100, R70, K50 kg/ga me’yorlari qo‘llanilib tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha Farg‘ona, Andijon viloyatlarida 179 gektar maydonda takroriy ekin sifatida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-oktyabrdagi №02/025-4050-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqdagi umumiy chirindi, azot va fosfor miqdorlari mutanosib ravishda 0,020-0,030%, 0,002-0,003% va 0,007-0,009% ga ortishi, umumiy kaliy miqdorlari esa 0,003-0,004% ga kamayishi aniqlangan;
burchoq va tritikale birgalikda 60 sm qator oralig‘ida gektariga 250/150 kg/ga qo‘shib ekib, ma’dan o‘g‘itlarni N100, P70, K50 kg/ga me’yorida qo‘llanilib Farg‘ona viloyatida 28 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-oktyabrdagi №02/025-4050-son ma’lumotnomasi). Natijada eng yuqori ko‘rsatkichi 800,3 s/ga ko‘k massa olinib, sof daromad 330742 so‘mni, rentabellik darajasi 49,4% ni tashkil etgan.
burchoq va tritikale birgalikda 60 sm qator oralig‘ida burchoq urug‘i 250 kg/ga, tritikaleni 150 kg/ga me’yorlarida, ma’dan o‘g‘itlarni N100, R70, K50 kg/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatida 151 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-oktyabrdagi №02/025-4050-son ma’lumotnomasi). Natijada 788,3 s/ga ko‘k massa hosili olinib, chorvachilik uchun qo‘shimcha ozuqa jamg‘arilib, sof daromad 316102 so‘mni, rentabellik darajasi 47,2% tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish