Zunnunova Xulkar Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining bozor qiymatini baholash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1108.
Ilmiy rahbar: Xolmaxmadov Zamir Abduraxmonovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent; Kayumov Ravshan Ismailovichlar, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining bozor qiymatini baholash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashda «bank kapitalining etarliligi», «depozit bazasi», «bank aktivlari sifati», «bank ishonchliligi»ni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga «minimal» (0,401≤0,500), «maksimal» (0,501≤0,800), «optimal» (0,801≤1) chegaralarida baholash taklif etilgan;
tijorat banklarining bozor qiymatini har bir yondashuv (daromad, xarajat va qiyosiy)larga vazn bergan holda bankning yakuniy bozor qiymatini aniqlash taklif etilgan;
qiyosiy yondashuvning tarmoq koeffisienti orqali bank bozor qiymatini aniqlashda analog banklar sifatida jami ustav kapitali miqdoridan 35 foizgacha farqlanadigan banklarni tanlab olish taklif etilgan;
banklarni xususiylashtirishda tarmoq mul`tiplikator ko‘rsatkichlari «foyda mul`tiplikatori» (bankning bozor qiymati/foyda (P/E)); «bitta aksiyaga to‘g‘ri keluvchi pul oqimi mul`tiplikatori» (aksiya narxi/aksiyaga to‘g‘ri keluvchi pul oqimi (P/CF)); «kapital mul`tiplikatori» (bozor qiymati/balans qiymati (P/BV)) ko‘rsatkichlarini tijorat banklarining choraklik va yillik hisobotlarida e’lon qilish taklif qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarini bozor qiymatida baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashda «bank kapitalining etarliligi», «depozit bazasi», «bank aktivlari sifati», «bank ishonchliligi»ni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga «minimal» (0,401≤0,500), «maksimal» (0,501≤0,800), «optimal» (0,801≤1) chegaralarida baholash tizimi MChJ “Ahbor-Reyting” amaliyotiga 1-son qarori asosida joriy qilingan (MChJ “Ahbor-Reyting” agentligining 2022 yil 12 yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada faoliyat yuritayotgan 33 ta tijorat banklari moliyaviy barqarorligi bo‘yicha guruhlarga ajratilgan va bank tizimiga baho berilgan;
tijorat banklarining bozor qiymatini har bir yondashuv (daromad, xarajat va qiyosiy)larga vazn bergan holda bankning yakuniy bozor qiymatini aniqlash taklifi asosida AT Aloqabank Bank boshqaruvi samaradorligiga baho berilgan va bankning 10/12-son «Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash» ichki nizomida o‘z aksini topdi (AT Aloqabankning 2022 yil 6 yanvardagi 19-09/27-son ma’lumotnomasi). Natijada AT Aloqabankda korporativ boshqaruv samaradorlik darajasi aniqlangan;
qiyosiy yondashuvning tarmoq koeffisienti orqali bank bozor qiymatini aniqlashda analog banklar sifatida jami ustav kapitali miqdoridan 35 foizgacha farqlanadigan banklarni tanlab olish taklifi asosida AJ Poytaxt bank bozor qiymatini aniqlangan va bankning 2-son «Bankni xususiylashtirishga tayyorlash» me’yoriy xujjatida aks ettirilgan (AJ Poytaxt bankning 2022 yil 12 yanvardagi K15-12/30-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AJ Poytaxt bank bilan Rossiya xususiy Ekspobanki o‘rtasida memorandum imzolangan;
banklarni xususiylashtirishda tarmoq mul`tiplikator ko‘rsatkichlari «foyda mul`tiplikatori» (bankning bozor qiymati/foyda (P/E)); «bitta aksiyaga to‘g‘ri keluvchi pul oqimi mul`tiplikatori» (aksiya narxi/aksiyaga to‘g‘ri keluvchi pul oqimi (P/CF)); «kapital mul`tiplikatori» (bozor qiymati/balans qiymati (P/BV)) ko‘rsatkichlarini tijorat banklarining choraklik va yillik hisobotlarida e’lon qilish taklifi Bank Kengashining 2021 yil 2 dekabrdagi 56-2/21-sonli qarori asosida tasdiqlangan va AT Aloqabank 2022 yilga mo‘ljallangan biznes rejasiga kiritilgan (AT Aloqabankning 2022 yil 6 yanvardagi 19-09/27-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT Aloqabank aksiyalari qiymati boshlang‘ich narxiga nisbatan 2 baravar o‘sgan. Natijada, tijorat banklarini xususiylashtirish jarayoniga tayyorlash jarayonini jadallashtirish, bank samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshishi hamda banklarni investision jozibadorligini oshirishga erishilgan.