Hamidova Muhabbat Samandarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududidagi Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixi”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tar80.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Uktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Kurbonova Dilafruz Abdirashidovna, tarix fanlari doktori; Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hududidagi Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixini, ijtimoiy-madaniy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur davrida Movarounnahr me’morchiligida ilk bor inshootlarni yonma-yon qurish orqali “qo‘sh” uslubidagi me’moriy majmualar (Bibixonim, Oqsaroy, Amir Temur) tizimi yaratilganligi, Temuriylar davrida ilm-fanda erishilgan yutuqlar asosida ushbu tizim takomillashtirilib, “maydoncha” uslubi (Registondagi Mirzo Ulug‘bek majmuasi) shakllantirilganligi aniqlangan;
Temuriylar davrida tekis hududlarda to‘rtburchak shakldagi aniq o‘lchamli (asosan 750x750 m) “chorbog‘”lar bunyod etilib, ularda engil konstruksiyali, sun’iy hovuz va favvoralari mavjud bo‘lgan ochiq ayvonli ko‘shklar qurilganligi, tog‘ yonbag‘irlari, dovonlarda “qo‘riqxona” shaklidagi hududi chegaralanmagan bog‘lar barpo etilganligi, ularda yuqoridagilardan tashqari ov qilish, ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynash  imkoniyatiga ega yashil maydonlar yaratilganligi isbotlangan;
obidalarni bezatishda o‘rta asr me’morchiligiga xos an’anaviy g‘ishtin va sangin rangsiz fondan sopol koshin va parchinlar asosidagi rangli fonga (oq, ko‘k, zargori, tilla ranglar) o‘tilganligiga mamlakatning markaziy shaharlari me’morchiligida tarixiy-milliy an’analar qo‘shni hududlar me’morchiligiga oid o‘ziga xosliklar bilan uyg‘unlashtirilganligi, Temuriylar davri ilm-fanida erishilgan yutuqlardan me’morchilikda keng foydalanilganligi, bunga jadal kechgan xalqaro madaniy aloqalar ta’siri sabab bo‘lgani dalillangan;
inshootlarning me’moriy bezaklarida avvalgi davrlarda qo‘llanilgan inson va turli jonzotlar ko‘rinishidagi haykaltaroshlik va tasviriy san’at namunalaridan farqli tarzda, islimiy, epigrafik (kufiy va suls xatlarida), astral (quyosh, oy, yulduzlar, falak burji) hamda qisman zoomorf (qush qanoti, sher, ohu) bezaklar birgalikda qo‘llanilganligi dalillangan;  
Amir Temur va Temuriylar tomonidan bunyod etilgan inshootlar hukmdorlarning nafaqat siyosiy kuch-qudrati, balki islom diniga bo‘lgan e’tiborini namoyish etuvchi vosita sifati qo‘llanilganligi, ular musulmon  madaniyatini tarqatish va targ‘ib etishga xizmat qiluvchi ta’lim muassasalari sifatida xizmat qilganligi, keyingi davrlar me’morchiligi rivojiga ijobiy ta’sir o‘tkazganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Amir Temur davrida Movarounnahr me’morchiligida ilk bor inshootlarni yonma-yon qurish orqali “qo‘sh” uslubidagi me’moriy majmularni yaratish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, Temuriylar davrida esa ushbu an’ana yanada takomillashtirilib, qarama-qarshi qurilgan inshootlar majmuasi –  “maydoncha” uslubi  shakllantirilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentida saqlanayotgan me’moriy majmualaridagi tegishli yodgorliklarning kadastr hujjatlari hamda arxiv pasportlari ma’lumotlarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-12-10-5008-son ma’lumotnomasi). Natijada tegishli tarixiy-me’moriy yodgorliklarning ilmiy-ma’lumotnomalari boyitilgan;
Temuriylar davrida tekis hududlarda to‘rtburchak shakldagi aniq o‘lchamli (asosan 750x750 m) “chorbog‘”lar bunyod etilib, ularda engil konstruksiyali, ochiq ayvonli ko‘chma saroy va ko‘shklar, ularning atrofida sun’iy hovuz va favvoralari mavjud supalar barpo etilgani, tog‘ yonbag‘irlari, dovonlarda esa maydoni chegaralanmagan  “qo‘riqxona” shaklida bog‘larda kichik hajmli saroylardan tashqari, saroy ahli uchun ov qilish, ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynash  imkoniyati yaratilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida respublikada tarixiy-madaniy turistik xizmatlarni rivojlantirish hamda turizm faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 5 oktyabrdagi 02-16/4617-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi respublikaning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent kabi tarixiy shaharlarida ichki va tashqi madaniy turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
Amir Temur davrida obidalarni bezatishda o‘rta asr me’morchiligiga xos an’anaviy g‘ishtin va sangin rangsiz fondan sopol koshin va parchinlar asosidagi rangli fonga (oq, ko‘k, zargori, tilla ranglardan keng miqyosda foydalanishga) o‘tilganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Xalqaro Amir Temur xayriya  jamoat fondining 2017–2018 yillarga mo‘ljallangan FA-A-1-010. “Amir Temur ensiklopediyasini tuzish va nashrga tayyorlash” nomli  amaliy loyihasining bajarilishida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 12 yanvardagi 3/1255-88-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar “Amir Temur bibliografiyasi” nomli birinchi kitobining “O‘zbek tilidagi nashrlar” qismini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
davr inshootlarining me’moriy bezaklarida avvalgi davrlardan farqli o‘laroq, inson va turli jonzotlar ko‘rinishidagi haykaltaroshlik va yoki tasviriy san’at namunalari emas, balki islimiy, epigrafik (kufiy va suls xatlarida), astral (quyosh, oy, yulduzlar, falak burji) va qisman zoomorf (qush qanoti, sher, ohu) bezaklar birgalikda qo‘llanilganligi  oid natijalardan  O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA) fondlari doirasida saqlanayotgan respublika hududida joylashgan Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari tarixiga oid (I-17, R-394, R-1591, R-2406, R-2773, R-2810, R-2286) arxiv fondlari ilmiy ma’lumotnomalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv agentligi”ning 2021 yil 24 iyuldagi 01-26/992-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi O‘zMAning ilmiy fondlarida saqlanayotgan Amir Temur va Temuriylar davriga doir arxiv hujjatlarining tavsifi berilishi asosida arxivdan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratgan;
Amir Temur va Temuriylar tomonidan bunyod etilgan inshootlarning ko‘rinishi, hajmi va bezaklarida hukmdorlarning siyosiy kuch-qudrati, xususan, Islom diniga bo‘lgan e’tibori, musulmon madaniyatini ko‘rgazmali tarzda targ‘ib etishga qaratilgan siyosati aks ettirilganligiga doir natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 13 martdagi 02-40-586-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistondagi Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish