Rashidov Oybek Rasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududida milliy ziyolilar va bol`sheviklarning mafkura maydonidagi kurashi (1917-1938 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tar189.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy maslahatchi: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor; Haydarov Murodilla Mahmudalievich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1917-1938 yillarda O‘zbekiston hududida milliy ziyolilar va bol`sheviklar o‘rtasidagi mafkuraviy kurashning nazariy asoslari hamda mazmun-mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek ziyolilari ilgari surgan istiqlol mafkurasi bol`sheviklar tomonidan burjua, mayda burjua, liberal burjua, idealistik, klerikal (diniy) kabi mehnatkash xalqqa yot va dushman g‘oyalar sifatida qoralanib kelinganligi hamda ular “o‘z-o‘zini tanqid niqobi ostida yashiringanlik”, “qizil partiyani aldaganlik”, “yolg‘on faktlar keltirganlik”, “aksilinqilobchi unsurlar tegirmoniga suv quyganlik”,  “og‘machilik” va “guruhbozlik” kabi soxta ayblar bilan ayblanganliklari aniqlangan;
milliy ziyolilarning “o‘ziga xoslik va singarmonizm – temir qonun nazariyasi” bol`sheviklarning “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat” to‘g‘risidagi qarashlari va kommunistik partiyaning milliy siyosati hamda “baynalmilal g‘oyalari”ga qarshi mafkuraviy kurashganligi isbotlangan;
bol`sheviklar “sinfiy kurash” g‘oyasining jamiyat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va mafkuraviy jarayonlardagi muvozanatning buzilishiga ta’siri hamda respublika va xorijdagi muhojir ziyolilarning milliy manfaatlar va mushtarak maqsadlar uchun olib borgan kurashlari “aksilinqilobiy” va “aksilsho‘roviy” harakat sifatida talqin qilinganligi dalillangan;
milliy ziyolilar proletariat mafkurasiga qarshi istiqlol mafkurasini, bol`shevizmga qarshi turonizm g‘oyasini ilgari surganliklari hamda temuriylar davridagi ulug‘vorlikni tiklash va “Buyuk Turon” davlatini qurish yo‘lida barcha kuchlarni birlashtirish va kadrlar o‘stirishga jiddiy e’tibor qaratganliklari isbotlangan;
bol`sheviklar kapitalizmni ag‘darib tashlash orqali ishchilar sinfining yangi tipini vujudga keltirish, partiya saflarini jipslashtirish va uning birligini mustahkamlash yo‘lida “sovet ziyolisi”, ya’ni “qizil ziyoli”ni yaratish uchun kurashganligi hamda erkin fikrlovchi milliy ziyolilar qatlamini “eski ziyoli”, “ziyonli” deb qatag‘on qilishi bilan bog‘liq dalillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududida milliy ziyolilar va bol`sheviklarning mafkura maydonidagi kurashi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Turkiston o‘lkasida proletariat diktaturasiga qarshi milliy muxolifatning g‘oyaviy kurashi, “Turkiston birligi” g‘oyasi hamda uning bol`sheviklar tomonidan inkor etilishi, “aksilinqilobiy” va “aksilsho‘roviy” deb nomlangan yashirin tashkilotlarning milliy mafkurani himoya qilishdagi o‘rnini aniqlashga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2012–2013 yillarda bajarilgan IFA-2012-1-4-sonli “O‘zbekistonning sovet davridagi tarixi (1917–1991 yillar). 2-jild” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi” nomli akademik nashrda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 4 fevraldagi 3/1255-253-son dalolatnomasi). Ushbu ilmiy natijalar va xulosalarning qo‘llanilishi o‘zbek ziyolilarining ijodida milliy va proletariat mafkurasi o‘rtasida kurashning borishi hamda bol`sheviklar “sinfiy kurash” g‘oyasining sovet jamiyati hayotidagi ahamiyatini o‘rganishga xizmat qilgan;
milliy ziyolilarning “o‘ziga xoslik va singarmonizm – temir qonun nazariyasi” bol`sheviklarning shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat to‘g‘risidagi qarashlari va hamda ishchilar sinfining yangi tipini yaratish hamda partiya saflarini jipslashtirish va uning birligini mustahkamlash yo‘lida erkin fikrlovchi ziyolilarning qatag‘on qilinishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi “30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag‘onlar” mavzusidagi 6-bo‘limning muzey ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining 2022 yil 28 apreldagi 79-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzey fondini yangi faktik materiallar, tarixiy manbalar, davriy matbuot materiallari bilan boyitishda xizmat qilgan;
sovet boshqaruvi davrida o‘zbek ziyolilari ilgari surgan qarashlar burjua, mayda burjua, liberal burjua, idealistik, klerikal (diniy) kabi mehnatkash xalqqa yot va dushman g‘oyalar sifatida qoralanib kelinganligi hamda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davri tarixi bo‘yicha Madaniy meros agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida “Fayzulla Xo‘jaev va milliy ziyolilar” mavzusidagi ekspozisiyalarning shakllantirilishidagi ilmiy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 21 apreldagi 01-01/1061-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzey fondini va sohani yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishda xizmat qilgan;
davlat va siyosat arbobi Fayzulla Xo‘jaevning milliy ziyolilar manfaatlarini himoya qilganligi, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berganligi hamda mahalliy kadrlarni tayyorlash borasidagi faoliyati bilan bog‘liq ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 dekabrdagi 01-4/4-1867-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar teletomoshabinlarga sovet boshqaruvi davrida milliy manfaatlar yo‘lida kurashgan davlat va siyosat arboblari, kadrlar hamda ziyolilarning mashaqqatli hayot yo‘lini ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish