Isoqov Luxmonjon Xolboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish: qiyosiy-huquqiy tahlil”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Yu187.
Ilmiy maslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39/30.11.2020.Yu/S.128.01.
Rasmiy opponentlar: Toshev Bobokul Norkobilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Turgunov Ilxom Turgunovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el fuqarolarining mamlakatimizda mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki onlayn-maydoncha orqali rasmiylashtirish, shuningdek vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan migrantlarning o‘z huquqlarini amalga oshirishlarida milliy mansubligi yoki kelib chiqish davlatlariga qarab kamsitilishini oldini olish maqsadida ularning identifikatsiya ID-kartasi blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasligi lozimligi asoslantirilgan;
xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlashga va ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan;
migrantlarning mulkiy va fuqaroviy huquqlarini ta’minlashga tegishli hujjatlar to‘g‘risidagi so‘rovlari 30 kundan oshmagan muddatda bajarilishi, shuningdek ularning ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlari bepul amalga oshirilishi lozimligi asoslantirilgan;
odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan migrantlarga ularning O‘zbekiston hududiga kirishi holatlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish huquqi berilishi, tibbiy-psixologik yordam va huquqiy maslahat olish, vaqtincha yashash joyidan (boshpanadan) foydalanish, yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatish, tarjimon xizmatlaridan tekin foydalanish kabi huquqlaridan foydalanishi, shuningdek ularga o‘zbek tilini o‘rganish uchun bepul imkoniyat yaratish ehtiyoji asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish, oliy yuridik ta’lim tizimida migrantlar huquqini himoya qilish bo‘yicha yangi modul joriy etish, migratsiya huquqi darsligini tayyorlash, migrantlar huquqi bo‘yicha xalqaro shartnomalarni davlat tiliga tarjima qilishda O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chet el fuqarolarining mamlakatimizda mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki onlayn-maydoncha orqali rasmiylashtirish, shuningdek vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etishga takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son qonunining 105, 111 va 114-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 04/3-05-1275-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi migrantlarning mehnat va boshqa ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan migrantlar identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-son farmonining 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 apreldagi 22/4-4301-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija O‘zbekiston fuqaroligini olgan migrantlarning huquqlarini amalga oshirishlarida ularning milliy mansubligi yoki kelib chiqish davlatlariga qarab kamsitilishini oldini olishga hissa qo‘shgan;
xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlashga va ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorining 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 3 martdagi 01/00-02/11-2028-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi orqali o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
migrantlarning mulkiy va fuqaroviy huquqlarini ta’minlashga tegishli hujjatlar to‘g‘risidagi so‘rovlari 30 kundan oshmagan muddatda bajarilishi, shuningdek ularning ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlari bepul amalga oshirilishi lozimligiga takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 2 dekabrdagi 12/21-49-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy etilishi O‘zbekistondagi migrantlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalashga xizmat qilgan;
odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan migrantlarga ularning O‘zbekiston hududiga kirishi holatlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish huquqi berilishi, tibbiy-psixologik yordam va huquqiy maslahat olish, vaqtincha yashash joyidan (boshpanadan) foydalanish, yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatish, tarjimon xizmatlaridan tekin foydalanish kabi huquqlaridan foydalanishi, shuningdek ularga o‘zbek tilini o‘rganish uchun bepul imkoniyat yaratishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6, 27, 36-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 23 dekabrdagi 18/9872-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija odam savdosidan jabrlangan migrantlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun qulay sharoit yaratishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish, oliy yuridik ta’lim tizimida migrantlar huquqini himoya qilish bo‘yicha modul joriy etish, migrantlar huquqi bo‘yicha xalqaro shartnomalarni davlat tiliga tarjima qilishda O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2021 yil 15 iyunda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda va undagi 3, 12, 14 va 15-bandlarning bevosita amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 25 fevraldagi 30/8-22-29-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mamlakatimizda xalqaro-huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun mustahkam huquqiy poydevor vazifasini o‘tashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish