Djalilova Zarnigor Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek she’riyatida shaxs sifatlarining fitonimlar vositasida poetik ifodalanish xosliklari», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil980.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qarshiboeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek she’riyatida shaxs sifatlarining fitonimlar, xususan, gullar vositasida poetik ifodalanishiga xos tipologik hamda spesifik xususiyatlarni leksik-semantik, funksional-uslubiy, lingvokul`turologik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tilidagi fitonimlarning bionim hamda fitopoetonim sifatidagi mohiyati, leksik-semantik, funksional-uslubiy, lingvokul`turologik xususiyatlari tilda va badiiy nutqda tarixiy-fol`kloriy, ijtimoiy-hayotiy, etnolingvistik, lingvopoetik kabi lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi shaxs sifatlarini ifodalovchi fitonimlar, unga daxldor kategoriyalarning lingvomadaniy mazmun-mohiyati hamda nominatsion, motivatsion, kommunikativ, kognitiv-pragmatik, lingvopoetik xususiyatlari qiyoslanayotgan tillarda yadro va periferiyani tashkil qiluvchi freymlarning ramziy-timsoliy obrazlari bilan semantik uyg‘unligini tavsiflashga xizmat qilishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillar she’riyatida fitonimlarni obrazlantirish badiiy-estetik tajribasining an’anaviyligi, fitonimik obrazlar genezisidagi ayrim mushtarakliklar, turli ramziy-timsoliy ma’nolarida assotsiativlik kasb etishi, genderlik asosida voqelanishi, har bir xalqning tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek she’riyatida shaxsning yoshi, ijobiy va salbiy xarakter, gender xususiyatlari, ijtimoiy mavqei kabilarning daraxt, o‘simlik, gullar vositasida badiiy tasvirlanishi, inson obrazi, shaxs ichki va tashqi go‘zalligi, olam va odamga munosabati, ruhiy kechinmalarining asosan gullar vositasida poetik talqin qilinishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek ijodkorlari asarlarida fitonimlarning poetik xususiyatlari hamda vazifalarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qiyoslanayotgan tillar she’riyatida fitonimlarni obrazlantirish badiiy-estetik tajribasining an’anaviyligi, fitonimik obrazlar genezisidagi ayrim mushtarakliklar, semantik tiplari, turli ramziy-timsoliy ma’nolarida assotsiativlik kasb etishi, genderlik asosida berilishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzularidagi fundamental ilmiy loyihalarda belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 26 oktyabrdagi 312/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek fol`kloridagi gul va o‘simliklar kul`tiga ishonch asosida paydo bo‘lgan an’anaviy ramziy obrazlar genezisini ochish, ular asosida shaxs xususiyatlarini poetik tasvirlashda shoirlar mahoratini dalillash doirasida erishilgan xulosalar qoraqalpoq adabiyotshunosligidagi ushbu masalalarni ham qiyosiy yoritishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek she’riyatida shaxsning yoshi, ijobiy va salbiy xarakter, gender xususiyatlari, ijtimoiy mavqei kabilarning daraxt, o‘simlik, gullar vositasida badiiy tasvirlanishi, inson obrazi, shaxs ichki va tashqi go‘zalligi, olam va odamga munosabati, ruhiy kechinmalari borasidagi nazariy ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan AQShning SUZ800-18-IN0049 raqamli “Kitobxonlar klubi” (“Readers Club at the Department of the English Literature”) mavzuidagi xorijiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 30 iyundagi 05-01-0330-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlar klubi faoliyati davomida dissertatsiyada keltirilgan ingliz va o‘zbek she’rlaridagi o‘simliklar, ayniqsa, gullarning shaxs tashqi ko‘rinishi, his-tuyg‘ularini tasvirlashda qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish orqali ularning mushtarak hamda farqli jihatlari, ularda milliylikning ifodasini ochib berish loyiha a’zolarining kitobxonlikka qiziqishini oshirish imkonini yaratgan;
ingliz va o‘zbek xalq og‘zaki ijodida shakllangan o‘simliklar, xususan, gullar haqidagi e’tiqodiy qarashlarning poetik talqini, shu bilan bog‘liq estetik tajribalar, an’anaviy obraz va motivlarning yozma adabiyotga ko‘chirilishi, shaxs tashqi ko‘rinishi, his-tuyg‘ulari tasvirida qo‘llanilishi, bunda ijodkorlarning badiiy-uslubiy mahorati haqidagi ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 oktyabrdagi 1/263-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga, keltirilgan tahlillar orqali teletomoshabinlarning bilimini oshirishga erishilgan, shuningdek, fitonimlarning lingvistik nuqtai nazardan to‘g‘ri ishlatilishi hamda nutq madaniyatining shakllanishi borasida tavsiyalar shakllantirilgan.