Egamberdiev Azizbek Abudmalikovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fal83.
Ilmiy maslahatchi: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Baltabaeva Aida Tinaybekovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi oliy ta’lim transformatsiyasini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashuv sharoitida raqamli texnologiyalarning ta’lim tizimiga intervensiyasi kuchayib borishi sharoitida yaratilayotgan nota’limiy xususiyatga ega bo‘lgan kontentning ko‘payishi yoshlar dunyoqarashida qadriyatlar transformatsiyasiga xizmat qilishi aniqlangan;
oliy ta’lim tizimini transformatsiya qilishda madrasalarda shakllangan qadriyatlar – ijtimoiy mas’uliyat, bilimning ijtimoiy yo‘naltirilganligi hamda ilm olish uzviy va uzluksiz, mashaqqatli jarayonligiga doir aksiologik komponentlardan foydalanish imkoniyatlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
masofaviy ta’lim ko‘lamining kengayishi natijasida oliy ta’lim olish uchun sarflanadigan vaqt va mablag‘ning tejalishi, shu bilan birgalikda bu jarayonda ta’lim sub’ektlarining mental imkoniyatlarini e’tiborga olib oliy ta’lim muassasalarining joriy ta’lim texnologiyalarini transformatsiya qilish zarurati asoslangan;
ta’limning noan’anaviy shakllarida talabalarda ijtimoiylashuv imkoniyatlari cheklanganligi oqibatida ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruv ierarxiyasidagi maqomni identifikatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkinligi aniqlangan;
abiturientlar sonining mutassil o‘sib borishi oliy ta’lim muassasalarining jamiyatdagi institusional ahamiyatining ortishiga va bu regulyasion faoliyatni yanada kuchaytirish ehtiyojini vujudga keltirishi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
axborotlashuv sharoitida raqamli texnologiyalarning ta’lim tizimiga intervensiyasi kuchayib borishi sharoitida yaratilayotgan nota’limiy xususiyatga ega bo‘lgan kontentning ko‘payishi yoshlar dunyoqarashida qadriyatlar transformatsiyasiga xizmat qilishi aniqlanganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan, 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish maxanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 30 maydagi 01-2016-son dalolatnomasi). Bu esa talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ijodiy kreativ qarorlar qabul qilish qobiliyatlari va ko‘nikmalarini shakllantirish, ekstremal sharoitlarda vazifalarni bajarishda yuqori professional harakatchanlik, ijtimoiy va psioxologik barqarorlikni namoyon etishiga erishilgan;
oliy ta’lim tizimini transformatsiya qilishda madrasalarda shakllangan qadriyatlar – ijtimoiy mas’uliyat, bilimning ijtimoiy yo‘naltirilganligi hamda ilm olish uzviy va uzluksiz, mashaqqatli jarayonligiga doir aksiologik komponentlardan foydalanish imkoniyatlari ochib berilganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda, “Yangi avlod” loyihasi doirasidagi tadbirlarda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 4 iyuldagi 01-27/319-son dalolatnomasi). Natijada partiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan dasturlarda oliy ta’limga oid muhim muammolarga davlat va jamiyatning e’tiborini kuchaytirish, milliy taraqqiyotda universitetlarning o‘rniga ob’ektiv baho berish imkoniyatlari oshirilgan;
masofaviy ta’lim ko‘lamining kengayishi natijasida oliy ta’lim olish uchun sarflanadigan vaqt va mablag‘ning tejalishi, shu bilan birgalikda bu jarayonda ta’lim sub’ektlarining mental imkoniyatlarini e’tiborga olib oliy ta’lim muassasalarining joriy ta’lim texnologiyalarini transformatsiya qilish zarurati asoslanganiga oid amaliy takliflaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining 46-maqsad: “Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga etkazish va ta’lim sifatini oshirish” mavzusida seminar tadbirda va “Kichik targ‘ibot yuksak natija” vodiy yoshlar forumi, “Yangi avlod kadrlari” loyihalaridagi tadbirlarda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 4 iyuldagi 01-27/319-son dalolatnomasi). Natijada esa elektorat bilan ishlashda jamoatchilikning e’tiborini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oliy ta’lim transformatsiyasiga qaratish, shuningdek oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonida partiya faollarining ishtirokini ta’minlash imkoniyatlari kengaygan;
ta’limning noan’anaviy shakllarida talabalarda ijtimoiylashuv imkoniyatlari cheklanganligi oqibatida ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruv ierarxiyasidagi maqomni identifikatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkinligi aniqlanganiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasiga doir muhokamalarda, shuningdek, strategiyani 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbatlari tashkil etishda hamda jamoatchilik muhokamalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respblikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 10 iyuldagi 01/17 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qaror qabul qiluvchi va ijro etuvchi organlarda oliy ta’lim taraqqiyotining ko‘p vektorli yo‘nalishini e’tiborga olgan holda faoliyatni tashkil etish istiqbollari vujudga kelgan;
abiturientlar sonining mutassil o‘sib borishi oliy ta’lim muassasalarining jamiyatdagi institusional ahamiyatining ortishiga va bu regulyasion faoliyatni yanada kuchaytirish ehtiyojini vujudga keltirishi falsafiy jihatdan asoslanganiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respblikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 10 iyuldagi 01/17-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim oliy imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda sohaga bo‘lgan e’tiborning kuchayishiga erishilgan.