Mirzaxalikov Bobir Baxtierovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish yo‘llari», 08.00.15 –Tadbirqorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1557.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.  
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ataniyazov Jasur Xamidovich  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy  tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirishda asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha investision jozibadorlik shartlari ishlab chiqilib, mazkur shartlarni ta’minlashning uch xil chegarasida (KBEIA=0-0,5; 0,51-0,75; 0,76-1,0) talab etiluvchi investisiya resurslari hajmi va rentabellik darajasi aniqlangan;  
qurilish tarmog‘i faoliyati funksional va texnologik jarayonlar bo‘yicha izchil va “shartli alohidalashgan” qismlarga ajratilib, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli shakllari ishtirokida uzluksiz va nisbatan samarali amalga oshirish imkonini beruvchi “texnologik xaritasi” ishlab chiqilgan;
o‘rta va uzoq muddatli davrda kichik qurilish tashkilotlari moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda yirik tashkilotlar bilan kooperatsion aloqalarning muntazam ravishdagi monitoringi va samaradorlikning maqbul darajasi talablari asosida muvofiqlashtirib boriluvchi hamkorlikdagi loyihalar portfelini shakllantirish taklifi asoslangan;
“BINOKOR BUNYOD SERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga jalb etilayotgan investisiya resurslaridan samarali foydalanishning turli ssenariyalari asosida 2026 yilga qadar iqtisodiy-moliyaviy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirishda asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan investision jozibadorlik shartlari mazkur shartlarni ta’minlashning uch xil chegarasida (KBEIA=0-0,5; 0,51-0,75; 0,76-1,0) talab etiluvchi investisiya resurslari hajmi va rentabellik darajasini  aniqlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 7 martdagi №11/05-15-1730-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etishni natijasida Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarining jalb etilgan investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyat yaratilib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 2020 yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga o‘sgan;
qurilish tarmog‘i faoliyati funksional va texnologik jarayonlar bo‘yicha izchil va “shartli alohidalashgan” qismlarga ajratilib, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli shakllari ishtirokida uzluksiz va nisbatan samarali amalga oshirish imkonini beruvchi “texnologik xaritasi” ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 7 martdagi №11/05-15-1730-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida kalendar rejalarni ishlab chiqish davomida texnologik jihatdan aniqlangan vazifalar bilan birga moliyalashtirish vazifalarni ham o‘z ichiga olinib, loyihalarni moliyalashtirishda, moliyaviy hisob va hisobotini boshqarish bosqichlarini tanqidiy aniqlash imkonini yaratgan. Natijada “BINOKOR BUNYOD SERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyatda 2020 yilda taqsimlanmagan foyda 3,9 mlrd. so‘m., zaxira kapitali esa 1,9 mlrd. so‘mga ko‘paygan;
o‘rta va uzoq muddatli davrda kichik qurilish tashkilotlari moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda yirik tashkilotlar bilan kooperatsion aloqalarning muntazam ravishdagi monitoringi va samaradorlikning maqbul darajasi talablari asosida muvofiqlashtirib boriluvchi hamkorlikdagi loyihalar portfelini shakllantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 7 martdagi №11/05-15-1730-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida qurilish soxasida moliyalashtirishning kengroq manbai sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar va xususiy moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
“BINOKOR BUNYOD SERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga jalb etilayotgan investisiya resurslaridan samarali foydalanishning turli ssenariyalari asosida ishlab chiqilgan 2026 yilga qadar iqtisodiy-moliyaviy prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining  2022 yil 7 martdagi №11/05-15-1730-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kichik biznes sub’ekti faoliyatini ilmiy asoslangan iqtisodiy rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqishga va ular bo‘yicha faoliyat olib borish, istiqbolda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlik qo‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish