Toshtemirova Muazzam Akmaljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD /Ped3463.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor, Elmurotova Dilrabo Muxammatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish ekologik dunyoqarashni rivojlantirishning didaktik-diagnostik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan intellektual-ijodiy ta’limiy matnlar hamda mantiqiy-rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga tayyorgarligi an’anaviy kommunikativ metodlarning elektron-didaktik vositalar hamda tashabbuskorlikka taalluqli javobgarlikni shakllantirish bilan uzviy aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish modeli ekologik bilim va amaliy-integrativ ko‘nikmalarni tarbiya muhitining o‘zaro aloqadorligi hamda refleksiya konstruktivligi darajasi mushtarakligini insonparvarlik tamoyillariga idientiv bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda atrof muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga tayyorgarligi ekologik tarbiyaga oid materiallar mazmunining didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berishga qaratilgan milliy qadriyatlar mazmuniga mos refleksiv ta’sir indikatorlarini diagnostika qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish ekologik dunyoqarashni rivojlantirishning didaktik-diagnostik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan intellektual-ijodiy ta’limiy matnlar hamda mantiqiy-rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan 418-176-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga tayyorgarligini takomillashtirish imkonini bergan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga tayyorgarligi an’anaviy kommunikativ metodlarning elektron-didaktik vositalar hamda tashabbuskorlikka taalluqli javobgarlikni shakllantirish bilan uzviy aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-07-4217/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish mazmuni va fanning o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda fanni o‘qitish samaradorligi oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni atrof muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirish modeli ekologik bilim va amaliy-integrativ ko‘nikmalarni tarbiya muhitining o‘zaro aloqadorligi hamda refleksiya konstruktivligi darajasi mushtarakligini insonparvarlik tamoyillariga idientiv bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 418- 176 nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘qitishning innovatsion va integrativ tamoyillari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda atrof muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga tayyorgarligi samaradorligi baholangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda atrof muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga tayyorgarligi ekologik tarbiyaga oid materiallar mazmunining didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berishga qaratilgan milliy qadriyatlar mazmuniga mos refleksiv ta’sir indikatorlarini diagnostika qilish asosida takomillashtirishga doir takliflar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-07-4217/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish mazmuni va fanning o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda fanni o‘qitish samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish