Boboev L Kadrxuja Djuraxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtodiler korxonalarida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish (“LADA Uzbekistan” brendi misolida)”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1923.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Akromov Tohir Abiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat transport universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtodiler korxonalarida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston milliy avtomobil` bozoridagi iste’molchilar madaniy-psixologik «portreti»ning o‘rtacha qiymati 75,8% darajasida ekanligi aniqlanib, uning asosida «LADA Uzbekistan» brendining modellar qatorini differensiatsiyalash dasturi ishlab chiqilgan;
«full service» paketiga ega bo‘lgan chegirmali «test drive» hamda modeli va yurgan masofasidan qat’iy nazar universal «trade-in» mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi marketingni siljitish strategiyasi taklif etilgan;
sanoat kooperatsiyasining ehtiyot qismlarni lisenziya bermagan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga buyurtma berish (ODM) tizimini joriy qilish hisobiga “LADA Uzbekistan” brendi avtomobillari tannarxini o‘rtacha 6,6 foizga kamaytirishni ko‘zda tutuvchi narx strategiyasi taklif etilgan;
«LADA Uzbekistan» brendi savdo hajmining normal, optimistik va kritik ssenariylarga asoslangan 2026 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtodiler korxonalarida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekiston milliy avtomobil` bozoridagi iste’molchilar madaniy-psixologik «portreti»ning o‘rtacha qiymati 75,8% darajasida ekanligi aniqlanib, uning asosida «LADA Uzbekistan» brendining modellar qatorini differensiatsiyalash dasturi bo‘yicha taklifi «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 9 martdagi 02-14/-02110-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJning 2021 yil sentyabr`-dekabr` oylarida xaridorlar orasida ommabop bo‘lgan oq, kul rang va qora ranglardagi avtomobillarni etkazib berish 136 foizga oshgan, «sports & deluxe» tyuning usulida qo‘shimcha ishlov berilgan modellarni buyurtma asosida sotish yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek, «sedan» va «universal» toifasidagi avtomobillar savdosi 161,3 foizga oshgan;
«full service» paketiga ega bo‘lgan chegirmali «test drive» hamda modeli va yurgan masofasidan qat’iy nazar universal «trade-in» mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi marketingni siljitish strategiyasi bo‘yicha taklifi «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJ korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 9 martdagi 02-14/-02110-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJ korxonasi avtomobillar savdosi 2021 yilning noyabr` oyi 10,6 mlrd so‘mni tashkil etib, oylik o‘rtacha savdo hajmiga nisbatan 298,3 foizga oshishiga erishildi
sanoat kooperatsiyasining ehtiyot qismlarni lisenziya bermagan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga buyurtma berish (ODM) tizimini joriy qilish hisobiga “LADA Uzbekistan” brendi avtomobillari tannarxini o‘rtacha 6,6 foizga kamaytirishni ko‘zda tutuvchi narx strategiyasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi Geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 9 martdagi 02-14/-02110-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJning «Vesta», «X-Ray» va «Largus»  modellarini «CBU» (complete build-up), ya’ni dilerlik huquqi asosida tayyor avtomobillarni import qilish va ichki bozorga sotish  amaliyotini bosqichma bosqich qisqartirish boshlanib, 2022 yil 1 yanvar` holatiga import hajmini qariyb 42,4 foizga kamaytirishga erishildi hamda Jizzax viloyatidagi yig‘ish maydonida «Vesta», «X-Ray» va «Largus» modellarini mahalliylashtirishning yangi «SKD» (yirik uzelli qismlarni yig‘ish) usulida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonada eng zamonaviy robotlashtirilgan konveyer liniyalari o‘rnatilib, uning negizida 233 ta yangi ish o‘rni yaratildi hamda pirovardida 2022 yil 1 yanvar` holatiga jami 32,7 mlrd. so‘mlik 197 dona avtomobil` ishlab chiqarilgan.
«LADA Uzbekistan» brendi savdo hajmining normal, optimistik va kritik ssenariylarga asoslangan 2026 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi  «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 9 martdagi 02-14/-02110-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida «LADA Uzbekistan» brendi ta’sischisi «Roodell» MChJning 2026 yilgacha bo‘lgan strategik yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish