Tursunkulova Gulchiroy Burxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotchilik xo‘jaliklarida xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini hisoblashni takomillashtirish», 08.00.08 –Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt840.
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Akrom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi meva-sabzavotchilik xo‘jaliklarida xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini hisoblashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilik xo‘jaliklari ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisob moddalari va ekinlar (yoki ekin guruhlari), qishloq xo‘jalik ishlari, taqsimlanadigan xarajatlar va boshqa xarajat ob’ektlari taklif etilgan;
meva-sabzavotchilik tarmog‘i korxonalari uchun xarajatlarning 2010001-«Mevachilik (bog‘dorchilik)», 2010002-«Ko‘chatchilik», 2010003- «Sabzavotchilik», 2010004-«Issiqxona (turlari bo‘yicha)», 2010005- «Sovutgichlarda saqlash» analitik schyotlaridan foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan;
meva-sabzavot ekinlarining turkumlanishiga asoslangan mahsulotlar tannarxini hisoblash ob’ektlari va kal`kulyasiya birliklarining takomillashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan;
issiqxonalarda, intensiv bog‘larda, eksport va ichki bozorda sotish uchun etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari tannarxini hisoblashning mutanosib, koeffisientli, istisno qilish uslublari ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavotchilik xo‘jaliklarida xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
meva-sabzavotchilik xo‘jaliklari ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisob moddalari va ekinlar (yoki ekin guruhlari), qishloq xo‘jalik ishlari, taqsimlanadigan xarajatlar va boshqa xarajat ob’ektlari tavsiya etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 27 dekabrdagi 21/78-son qarori bilan meva-sabzavotchilik xo‘jaliklari faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 29 dekabrdagi 01/03-3558-son ma’lumotnomasi). Natijada, xarajatlarning turkumlanishi meva-sabzavotchilikda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashning aniqligini oshirdi va javobgarlik markazlari bo‘yicha ortiqcha xarajat turlarini aniqlash, ularni tejash va tahlil qilish imkonini bergan.
meva-sabzavotchilik tarmog‘i korxonalari uchun xarajatlarning 2010001-«Mevachilik (bog‘dorchilik)», 2010002-«Ko‘chatchilik», 2010003- «Sabzavotchilik», 2010004-«Issiqxona (turlari bo‘yicha)», 2010005- «Sovutgichlarda saqlash» analitik schyotlaridan foydalanish zarurligi ilmiy asoslash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 27 dekabrdagi 21/78-son qarori bilan meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 29 dekabrdagi 01/03-3558-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, meva-sabzavotchilik xo‘jaliklarida har bir mahsulot turiga sarflangan xarajatlarni moddalar va elementlar bo‘yicha aniq hisobga olinishiga imkonini bergan.
meva-sabzavot ekinlarining turkumlanishiga asoslangan mahsulotlar tannarxini hisoblash ob’ektlari va kal`kulyasiya birliklarining takomillashtirilgan tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 27 dekabrdagi 21/78-son qarori bilan meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 29 dekabrdagi 01/03-3558-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, meva-sabzavotchilik mahsulotlari tannarxi to‘g‘risidagi axborotlarning aniqligi, boshqaruv masalalarini (rejalashtirish, me’yorlashtirish, rezervlarni aniqlash, baho belgilash, samaradorlikni baholash va h.k.) hal etish uchun ishonchli axborot manbaini ta’minlagan.
issiqxonalarda, intensiv bog‘larda, eksport va ichki bozorda sotish uchun etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari tannarxini hisoblashning mutanosib, koeffisientli, istisno qilish uslublari taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 27 dekabrdagi 21/78-son qarori bilan xo‘jaliklar amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 29 dekabrdagi 01/03-3558-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tavsiya etilgan issiqxonalarda qo‘shimcha mahsulotlarga ketgan xarajatlarni istisno qilish usulini qo‘llash natijasida mahsulotlarni, birinchidan, qattiq o‘rnatilgan yoki reja narxi bo‘yicha, ikkinchidan bozor bahosi bo‘yicha, uchinchidan esa o‘z xo‘jaligida foydalanish uchun maqbul bo‘lgan baholar bo‘yicha baholash imkoniyati yaratildi. Intensiv bog‘larda koeffisent usulini qo‘llashni amaliyotga joriy etish natijasida mevachilikda mahsulotlar o‘rnatilgan koeffisentlar bo‘yicha shartli (taqqoslama) mahsulotga qayta hisoblab chiqilib, 1 s mahsulot tannarxini aniqlash imkoni yaratildi. Eksportbop va ichki bozorga sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotga ajratib tannarx hisoblashda qo‘shimcha (ikkinchi darajali) mahsulotlarga qilingan xarajatlarni istisno qilish usulini qo‘llash orqali eksportbop va ichki bozor uchun etishtirilgan mahsulotlar o‘rtasidagi farqni aniqlash hamda ularga sarflangan xarajatlarni hisob-kitob qilish orqali, ularning rentabellik ko‘rsatkichlariga va sof foydaga ta’sirini taqqoslash imkoniyati yaratilgan.