Uralov Eliboy Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoatining hududiy tarkibini takomillashtirish», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr5.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduhakim Abduhamidovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedogogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Aliqul Xudoyberdievich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon iqtisodiy rayoni tabiiy-resurs va mehnat resurslari imkoniyatlari hamda xo‘jaligining hozirgi holatini baholash asosida iqtisodiy rayon sanoatini rivojlantirish va hududiy tashkil etilishini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon iqtisodiy rayoni hududidagi shahar va tumanlarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati va eksport imkoniyatlari va istiqbolli (sanoat rivojlanishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha) jihatlari aniqlangan;
Zarafshon iqtisodiy rayoni 5 ta kichik rayonga ajratilgan hamda ularning 1:1000000 masshtabdagi rayonlashtirish kartasi yaratilgan;
Zarafshon iqtisodiy rayoni hududida sanoatga ta’sir etuvchi geografik omillar darajasi hamda uning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdagi roli aniqlangan va ular kartalashtirilgan;
iqtisodiy rayon ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni aniqlangan va uning mavqeini yanada kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoatining hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari hududlaridagi shahar va tumanlarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati va eksport imkoniyatlarining qiyosiy tahlillari va istiqbolli jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 15 fevral 7/05-16-1107-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar va tumanlar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati va eksport imkoniyatlari, iqtisodiy o‘sishning mintaqaviy omillaridan oqilona foydalanish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilgan;
Zarafshon iqtisodiy rayoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aniqlangan o‘rni va uning mavqeini yanada kuchaytirish yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 15 fevral 7/05-16-1107-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli-hududiy dasturlar tuzish va uni amalga oshirish imkonini bergan;
Zarafshon iqtisodiy rayoni hududida joylashgan sanoat korxonalari iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida iqtisodiy geografik jihatdan rayonlashtirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 15 fevral 7/05-16-1107-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish imkonini bergan;
Zarafshon iqtisodiy rayoni sanoatiga ta’sir etuvchi aniqlangan omillar hamda yaratilgan erkin iqtisodiy zonalar karta sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 15 fevral 7/05-16-1107-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlangan omillar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish hamda boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan Karmana, Urgut va G‘ijduvon tumanlarini o‘ziga xos strategik rivojlanish yo‘nalishlarini iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini majmuali bog‘langan holda o‘rganish imkonini bergan.