Turamuratova Manzura Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatining qishloq va shaharlarida yashovchi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi parametrlarining antropometrik ko‘rsatkichlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib837.
Ilmiy rahbar: Adilbekova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatining qishloq va shaharlarida yashovchi bolalar tanasining o‘sish va rivojlanish tezligini tavsiflovchi tarkibiy antropometrik ko‘rsatkichlarning asosiy hususiyatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining qishloq va shaharlarida yashovchi 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining yoshi, jinsi va individual xususiyatlarining qiyosiy tavsifi aniqlangan;
jismonan sog‘lom bolalarning antropometrik parametrlari bo‘yi past bolalar ulushining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sishning normal darajasidan og‘ish aniqlangan;
normal o‘sishi bilan bo‘lgan bolalarda ortiqcha vazn ulushi o‘g‘il bolalar orasida namoyon bo‘lgan;
ekstragenital patologiyasi bo‘lgan ayollardan tug‘ilgan bolalarning antropometrik xususiyatlari aniqlangan;
1-6 yoshli bolalar uchun regional antropometrik standartlar ishlab chiqilgan va taklif qilingan;
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda antropometrik parametrlariga ko‘ra o‘sish va rivojlanishni baholash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining qishloq va shaharlarida yashovchi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi parametrlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq va shaharlarida yashovchi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi parametrlarning antropometrik ko‘rsatkichlari baholashga qartilgan ilmiy natijalar asosida «6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 8n-z/186-son ma’lumotnomasi). Natijada noqulay ekologik sharoitda shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilib kelayotgan olti yoshgacha bo‘lgan boallarning antropometirik ko‘rsatkichlarini baholash imkonini bergan;
Xorazm viloyatining qishloq va shaharlarida yashovchi 6 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi parametrlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Urganch shahridagi 2-sonli shahar oilaviy poliklinikaning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 08-20281-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Onalarning ekstragenital patologiyasi bolaning antropometrik parametrlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Gipotireozi bor onalardan tug‘ilgan bolalarning TM, BA va KQA ko‘rstakichlari sog‘lom ayoldan tug‘ilgan bolalarga nisbatan orqada qolgan (p<0,05-0,001). Qandli diabet bilan og‘rigan onalaradan tug‘ilgan bolalarning tanasining yuqori yarmi pastki yarmidan ko‘ra ko‘proq rivojlanganligi aniqlangan (p<0,001) uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.