Sayt test rejimida ishlamoqda

Ilxomov Oybek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolashning taktik jixatlarini takomillashtirish», 14.00.34 - Yurak-qon tomir xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1303.
Ilmiy rahbar: Mansurov Abrol Amirjonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Abdumajidov Xamidulla Amanullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abralov Xakimjon Kobiljonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi "Professor S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-sonli o‘lka klinik shifoxonasi  - ilmiy tadqiqot instituti" (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optimallashtirilgan tashxislash va davolash algoritmini taklif etish xamda qoniqarsiz natijalarning omilli tahlili orqali koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma aterosklerotik shikastlanishlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashrixdan keyingi spesifik asoratlar rivojlanishing xavf omillarini aniqlash bilan, bir onli va bosqichli jarrohlik aralashuvlari natijalariga ta’sir etuvchi koronar va braxiotsefal arteriyalarning stenotik qo‘shma shikastlanishlari kechishining klinik va patofiziologik xususiyatlari aniqlangan;
koronar va braxiotsefal arteriyalarning stenotik qo‘shma shikastlanishlarini xirurgik davolash uchun ko‘rsatmalarni belgilash va jarrohlik taktikasini tanlashda serebral to‘qima perfuziyasi, bosh miyada qon oqimini kompensatsiyalash darajasi va tashrix xavfini baholash borasida kompyuter tomografiyasining diagnostik imkoniyatlari ochib berilgan;
mul`tifokal aterosklerozli va operativ davolash xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda koronar shuntlash amaliyotida lateral perikardiotomiya orqali yurak va tojtomirlarga kirib borish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma aterosklerotik shikastlanishida xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Koronar shuntlash tashrixlarida yurak va koronar arteriyalarga jarrohlik yo‘li bilan kirish usuli” takomillashtirilgan (Foydali model` uchun FAP 01575-son patent, 27.01.2021). Taklif etilgan usul xavf darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda koronar areteriyalarni shuntlash tashrixida gemodinamik va nevrologik asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytirish imkonini bergan;
koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma shikastlanishlarini xirurgik davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma shikastlanishlarini xirurgik davolash taktikasini tanlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 08-24916-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar koronar va miya qon aylanishi etishmovchiligini bir onli yoki bosqichli operativ davolash usuli qo‘llanganda xirurgik kirish yo‘lini va uning hajmini tanlashning taktik va texnik masalalarini hal qilish xamda noxush nevrologik yakun xolatlarini kamaytirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari va uning asoratlari xirurgiyasi bo‘limi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali hamda Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kardioxirurgiya bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 08-24916-son ma’lumotnomasi). Koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma shikastlanishini xirurgik davolashning taktik jihatlarini takomillashtirish tashrixdan keyingi davrni asoratli kechishining umumiy chastotasini 22,2% dan 7,5% gacha, spesifik kardial asoratlarni 21,0% dan 8,75% gacha xamda nevrologik asoratlarni 22,2% dan 6,25% kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish