Sayt test rejimida ishlamoqda

Gafarov Rushen Refatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini jarrohlik davolash taktikasini muqobillashtirish», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1344.
Ilmiy rahbar: Giyasov Shuxrat Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kariev Saidaxror Saidaslanovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori
Etakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: tashrixdan keyingi asoratlarni tizimlashtirish orqali turli jarrohlik usullarining samaradorligi va xavfsizligini baholash yo‘li bilan prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy va tizimli asoratlarning murakkabligini va prognostik qiymatini verifikatsiyalashga qaratilgan prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini xirurgik davolashdan so‘ng tashrixdan keyingi kechishining og‘irligini baholashning patognomonik mezonlari aniqlangan;
turli xil aralashuvlarning taktik va texnik kamchiliklarini aniqlashga imkon beruvchi prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini xirurgik davolash asoratlarini tizimlashtirishning klinik ahamiyati ochib berilgan;
prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi hajmi, klinik belgilarining og‘irligi va aralashuv xavfi darajasini xisobga olishga asoslangan xirurgik davolashning qoniqarsiz natijasi rivojlanishining prognostik xavf omillari aniqlangan;
ochiq adenomektomiyaning samaradorligi aralashuv xavfining nisbatan pastligiga qaramay, prostata bezining hajmidan qat’i nazar tashrixning yuqori travmatikligi, tashrixdan keyingi asoratlarning yuqori chastotasi va og‘irligi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Clavien-Dindo tasnifini prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarining tashrixdan keyingi asoratlarini baholashga moslashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi 08-24828-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tashrixdan keyingi davrni asoratlanmagan va asoratlangan kechishining boshlanishi o‘rtasidagi aniq chegarani aniqlashga, bu esa prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini xirurgik davolashning tashrixdan keyingi asoratlarini to‘g‘ri tizimlashtirishga imkon bergan;
«Asoratlarni tizimlashtirish orqali prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolashning turli jarrohlik usullari samaradorligi va xavfsizligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi 08-24828-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tashrixdan keyingi asoratlarning uchrashi va og‘irligini ob’ektiv baholash, ularni tizimlashtirish va prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolashda har bir usulning samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasiga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali urologiya bo‘limi va SamDTU urologiya kafedrasiga, shuningdek, “Bionur-medservis” xususiy tibbiyot klinikasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi 08-24828-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish tashrixdan keyingi asoratlarni tizimlashtirish va aralashuvlar sifatini ob’ektiv baholash xamda prostata giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashning kam invaziv endoskopik transuretral usullari uchun optimal ko‘rsatmalarni ishlab chiqish orqali bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish, siydik chiqarish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish