Sayt test rejimida ishlamoqda

Rogov Aleksey Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xamroh virusli gepatitlari bor paranoid shizofreniya bilan kasallangan bemorlarda kognitiv buzulishlarning klinik-dinamik aspektlari», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib493.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulug‘bek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Shoxrux Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xamroh virusli gepatitlar bor paranoid shizofreniya bilan kasallangan bemorlarda kognitiv buzilishlarning klinik va dinamik jihatlarini baxolash, differensiallashgan tashhislash yondashuvlarini takomillashtirish va bemorlarning hayot sifatini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda surunkali virusli gepatit HBV va HCV larda shaxsning psevdoorganik nuqsoni rivojlanishi natijasida kasallikning psixopatologik negativ alomatlari og‘irlik darajasiga ta’siri isbotlangan;
xamroh virusli gepatitlar bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda HCV neyrotrop ta’siri natijasida xotira domenlari buzilishining ustunligi va HBVda glial xujayralarning shikastlanishi xisobiga muammoli xulq-atvorni dezintegratsiya shaklida neyrokognitiv buzilishlarning individual vektorlari mavjudligi aniqlangan;
paranoid shizofreniya bilan og‘rigan xamroh virusli gepatit HCV bor bemorlarda differensiallashgan davolash davomida virusning eliminatsiyasi xisobiga eshituv-nutq xotirasi ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi aniqlangan;
paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda hamroh virusli gepatitlarning bosh miya neyroplastikligi buzilishiga olib kelishi sababli neyrokognitiv buzilishlarning og‘irlik darajasi kuchayishi aniqlangan;
neyrokognitiv profilni hisobga olgan holda xamroh virusli gepatitlar bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning ijtimoiy moslashuv tipologik turlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xamroh virusli gepatitlar bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarning klinik va dinamik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda neyrokognitiv buzilishlarni diagnostika usullarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv funksiyalarni baholash bo‘yicha moslashtirilgan so‘rovnoma» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 martdagi 8n-r/225-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta baholashda diagnostika ishlarini optimallashtirish imkonini bergan;
xamroh virusli gepatitlar bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarning klinik va dinamik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Urganch shahar Xorazm ruhiy-asab kasalliklari dispanserining davolash-maslahat poliklinikasi, Respublika klinik ruxiy kassaliklar shifoxonasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 08 n-d/130-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning neyrokognitiv profilni hisobga olgan holda psixologik tashxisotni takomillashtirishni va davolash choralarni adekvatligi va samadorligini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish