Ahmedova Mavluda Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklari faoliyati rivojlanishini ekonometrik tadqiq etish”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt326 .
Ilmiy maslahatchi: Ayubjonov Abbos Hosilovich, iqtisodiyot fanlari nmzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklari faoliyati rivojlantirish va uning ekonometrik bazasini takomilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish hajmini oshirish hamda ularning bozorga bir maromda etkazilishini ta’minlashda kooperatsion aloqalarga asoslanuvchi pulli omborlar tarmog‘ini shakllanti-rish orqali xizmat ko‘rsatuvchi va bozor infratuzilma institutlarining faoliyatini takomillashtirish taklif qilingan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatini, jumladan dehqonchilik va chorvachilik kesimida rivojlantirishning ssenariyli 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asoslanib, prognozlashtirishning takomillashtirilgan modeli ishlab chiqilgan;
er fondining o‘zgarish va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar kabi ta’sir omllari asosida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlan-tirishning vektor avtoregressiv model tizimi ishlab chiqilgan va natijalari ishonchliligi Lagranj mul`tiplikatori testi orqali isbotlangan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirishda iqtisodiy, boshqaruv va shartnomaviy munosabatlarni erdan maqsadli foydalanish va unumdorligini oshirishdan kelib chiqqan tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari faoliyati rivojlanishini ekonometrik tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish hajmini oshirish hamda ularning bozorga bir maromda etkazilishini ta’minlashda kooperatsion aloqalarga asoslanuvchi pulli omborlar tarmog‘ini shakllan-tirish orqali fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilma institutlari faoliyatini takomillashtirish taklifi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/11-01-10/10-4053-son ma’lumotnomasi). Takliflar suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi mahsulot etishtiruvchilarga yanada qulaylik yaratish uchun fermer xo‘jaliklariga imtiyozli kreditlar berishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatini, jumladan dehqonchilik va chorvachilik kesimida rivojlantirishning ssenariyli 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/11-01-10/10-4053-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari faoliyatining rivojlanish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkich sifatida ushbu toifadagi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti qiymati tanlab olingan;
er fondining o‘zgarish va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar kabi ta’sir omllari asosida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlan-tirishning vektor avtoregressiv modeli natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/11-01-10/10-4053-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida er fondining 1 foizga oshishi ishlab chiqarish o‘sish sur’atini 0,4 foizga, fermer sonining 1 foizga ko‘payishi esa dehqonchilikda ishlab chiqarish hajmini 0,46 foizga oshishiga erishilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirishda iqtisodiy, boshqaruv va shartnomaviy munosabatlarni erdan maqsadli foydalanish va unumdorligini oshirishdan kelib chiqqan tashkil etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 02/11-01-10/10-4053-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflardan fermer xo‘jaliklarini boshqarish jarayonida hamda fermer xo‘jaligining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli biznes rejalari sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga xizmat qilgan.