Abdieva Matluba Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimi va uning antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi», 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Gr48.
Ilmiy rahbar: Nishonov Bahriddin Erkinovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Xikmatov Fazliddin Xikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xaydarov Safarboy Abdirashitovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimi va uning antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimining xususiyatlari uning asosiy tashkil etuvchilari - mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar bo‘yicha aniqlangan;
Zarafshon daryosining O‘zbekiston qismi gidrokimyoviy rejimining gidrologik rejimga bog‘liqligi statistik baholangan;
Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimi va suvi sifatining ko‘rsatkichlari, jumladan, mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar, og‘ir metallar, pestisidlar miqdorining antropogen ta’sir natijasida o‘zgarishlari aniqlangan;
Zarafshon daryosi suvining sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy manbalar va daryo suvi sifatining daryo uzunligi bo‘ylab o‘zgarishlari aniqlangan;
Zarafshon daryosi suv resurslaridan suv sifati va minerallashuviga ko‘ra irrigatsiya va boshqa maqsadlarda kompleks foydalanish imkoniyatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimi va uning antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimining asosiy tashkil etuvchilari – mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar bo‘yicha aniqlangan xususiyatlari ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimi holatini va daryo uzunligi bo‘yicha daryoni ifloslanish darajasini va manbalarini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 8 apreldagi 06-08/01-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo gidrokimyoviy rejimi holati haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Zarafshon daryosining O‘zbekistondan oqib o‘tuvchi qismidagi gidrokimyoviy rejimining gidrologik rejimga bog‘liqligini statistik baholash ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida mineralizatsiya miqdorining yillar, oylar va suv rejimi fazalari bo‘yicha o‘zgarishlarni aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 8 apreldagi 06-08/01-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryoning gidrologik rejimi asosida uning gidrokimyoviy rejimidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Zarafshon daryosi gidrokimyoviy rejimi va suvi sifatining ko‘rsatkichlari, jumladan mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar, og‘ir metallar, pestisidlar miqdorining antropogen ta’sir natijasida o‘zgarishlari ma’lumotlari hamda Zarafshon daryosining ko‘p yillik gidrokimyoviy ma’lumotlar elektron bazasi va daryoning suv sifati haqida GAT texnologiyalari yordamida yaratilgan xaritalardan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida daryo suvi sifati to‘g‘risida hisobotlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 8 apreldagi 06-08/01-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo suvning sifati haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash va suv sifatini baholash natijalarini taqdim etish samadorligini oshirish imkonini bergan;
Zarafshon daryosining suvi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy manbalar va suv sifatining daryo uzunligi bo‘ylab o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida Zarafshon daryosi havzasida atrof-muhit holatini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 11 apreldagi 875–son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosi suv sifatiga ta’sir etadigan manbalarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish imkonini bergan;
Zarafshon daryosi uzunligi bo‘yicha suv resurslaridan suv sifatiga ko‘ra irrigatsiya maqsadlarida va kompleks baholash bo‘yicha natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida Zarafshon daryosi suvidan turli maqsadlarda foydalanishni rejalashtirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 11 apreldagi 875–son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosi suv resurslaridan muayyan maqsadlarda foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.