Voxidov Baxriddin Raxmidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turli xomashyolardan noyob va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish» 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/T522.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Abdirashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turapovich, texnika fanlari doktori, professor; Shadrunova Irina Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor; Tolibov Behzod Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli texnogen xomashyolardan nodir va noyob metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo-metallurgiya jarayonlarida platinoidlarning komplekslar hosil bo‘lishining nazariyasi va platina guruhi metallarining selektiv kompleks cho‘kmalari cho‘kishining kimyoviy qonuniyatlari asoslangan;
 nodir metallar boyitmalari qo‘shilgan holda mis shteynlarini konverterlash jarayoni qonuniyatlari asoslangan, platinoidlarni xomaki mis fazasiga o‘tish parametrlari tadqiq etilgan va nodir metallar boyitmalarini kimyoviy texnologiyalar bilan qayta ishlashning qiyosiy ko‘rsatkichlari bilan taqqoslangan;
Chodak kon boshqarmasi, eritish toshqoli va balansdan tashqari ruda boyitmalarini 2-4 soat davomida 350-400ºS haroratda past haroratli kuydirishning optimal parametrlari aniqlangan va tanlab eritish jarayonlarida qimmatbaho metallarning 96% gacha maksimal erishini ta’minlashi isbotlangan;
 ChKB, eritish toshqoli va balansdan tashqari ruda boyitmalaridan nodir va noyob metallarni kompleks ajratib olishning takomillashtirilgan texnologik hamda qurilmalarning zanjir sxemalari ishlab chiqilgan;
 oltin va kumush eritmalaridan barcha platinoidlarni tanlab cho‘ktirishning optimal parametrlarini, rejimlarini aniqlash bilan kumush va palladiyni nitrat kislota eritmasida, oltin va platinani shoh-arog‘i eritmasida selektiv tanlab eritishning ikki bosqichli kimyoviy texnologiyasi ishlab chiqilgan;
 balansdan tashqari chiqindi rudalardan nodir metallarni kompleks ajratib olishning tajriba-sanoat sinovlari orqali qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan, hamda mis olishning texnologik jarayonlarida platinoidlarning umumiy taqsimlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnogen xomashyolardan nodir va noyob metallar olishning takomillashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ChKB boyitmalaridan nodir va noyob metallarni ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasi Olmaliq KMK AJning OvKAS sexida amaliyotga joriy qilingan (“OKMK” AJning 2022 yil 2 avgustdagi AA-005781-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin, kumush, platina va palladiyni ajratib olish darajasini 90 % dan oshirish imkonini bergan;
eritish toshqolini gravitatsiya usuli bilan boyitish, hamda boyitmalarni nitrat kislotali va shoh-arog‘ida tanlab eritishli qayta ishlash yordamida oltin, kumush, platina va palladiyni ajratib olish texnologiyasi Olmaliq KMK AJda amaliyotga joriy qilingan (“OKMK” AJning 2022 yil 2 avgustdagi AA-005781-son ma’lumotnomasi). Natijada, birinchi bosqichda kumush va palladiyni, ikkinchi bosqichda oltin va platinani, qo‘shimcha ravishda selen va tellurni bosqichma-bosqich ajratib olish imkonini bergan;
 kumush va palladiy metallarini nitrat kislotali eritish, oltin va platina metallarini shoh-arog‘ida eritishning ikki bosqichli tanlab eritish texnologiyasi Olmaliq KMK AJda amaliyotga joriy etilgan. (“OKMK” AJning 2022 yil 2 avgustdagi AA-005781-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikki bosqichli tanlab eritish texnologiyasini qo‘llash orqali ChKB, eritish toshqoli va balansdan tashqari rudalar boyitmalaridan nodir metallarni, xususan, platina va palladiyni kompleks ajratib olish darajasini 90% dan oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish