Sharopova Shaxnoza Raxmatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro shahar atrofidagi suv havzalari fito-zooplanktonlarini o‘rganish, ularni ko‘paytirish va baliqchilikda qo‘llash biotexnologiyasi», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V572.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixaliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Jumaev Farhod Hojiqurbonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro shaxri va atrofidagi suv havzalarida tarqalgan fito-zooplanktonning dominant turlarini ko‘paytirish va baliqchilikda qo‘llashning biotexnologik uslublarini ishlab chiqish va yangilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Somoniylar bog‘idagi ko‘l, Labi-hovuz, Bolo-hovuz, Somoniylar bog‘i va Moxi-xosa hovuzlarining gidrokimyoviy tarkibi va uning mavsumiy o‘zgaruvchan xususiyatlari ochib berilgan;
Buxoro shahar ko‘l va hovuz suvliklaridagi fitoplankton turlarining tarkibi aniqlangan;
Somoniylar bog‘i ko‘lida suvlikdan Shlorella vulgaris ning toza al`gologik hujayrasi ajratib olingan va uni laboratoriya sharoitida organo-mineral moddalardan tozalash darajalari ilmiy asoslangan;
Labi-hovuzda uchraydigan fitoplanktonlarning 24 turi, Bolo-hovuzda 40 turi, Moxi-xosa hovuzida 18 turi, Somoniy bog‘i ko‘lida 58 turi va Somoniylar bog‘i hovuzida esa 39 tur uchrashi aniqlangan;
Labi-hovuzdagi zooplanktonlarning 27 turi, Bolo-hovuzning 13 turi, Moxi-xosa hovuzining suv namunalaridan 15 turi, Somoniylar bog‘i hovuzidan esa 26 turi uchrashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro shaxri atrofidagi suv havzalari fito-zooplanktonlarni o‘rganish, ularni ko‘paytirish va baliqchilikda qo‘llash biotexnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyati hovuz baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligida oq do‘ngpeshona balig‘ining biomassasini oshirishda hamda Shlorella vulgaris va Lemna minor ni samarador ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarida amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 1 iyuldagi 01/03-1814-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik xavzalaridagi barcha tur baliqlar mahsuldorligi oshiruvchi zaruriy miqdordagi biomassa olish, hamda fermer xo‘jalikda etishtiriladigan Oq do‘ngpeshona baliqlariga oziqa sifatida qo‘llanilgan fito-zooplankton baliq mahsuldorligini 15 % dan 20 % ga oshirish imkonini bergan;
Buxoro shahar hududida joylashgan Somoniylar bog‘idagi ko‘l, Labi-hovuz, Bolo-hovuz, Somoniylar bog‘i va Moxi-xosa hovuzlarida Shlorella vulgaris ko‘paytirish asosida organo-mineral moddalardan tozalash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyatining sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021 yil 20 dekabrdagi 24-8/8318-son ma’lumotnomasi) Natijada, xovuz va ko‘l suvlarida fitoplaktonlar tomonidan nitrit va nitratlarning 90% o‘zlashtirilishi, genofond hisoblangan barcha tirik jonivorlarning tur tarkibi yangilanishi, patogen floraning kamayishi imkonini bergan;
ikkilamchi suv manbalarini fitoplankton va zooplaktonlar yordamida biologik yo‘l bilan tozalash asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 25 martdagi 03.27/-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va suv sho‘rlanish darajasi yuqori hududlarda tabiiy usulda (suv o‘tlar yordamida) mineralizatsiya miqdori normallashgan suv manbaalaridan foydalanish imkonini bergan.