Sharopov Ramziddin Najmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali lalmi erlarni monitoring qilish ishlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx648.
Ilmiy rahbar: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, exnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshkabul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurvantoev Raxmontoy, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «TIQXMMI» milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lalmi erlar er monitoringi tahillari asosida ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati er fondi lalmi erlar toifasi maydoni so‘ngi 20 yilda (2000-2020 yy.) 28 300 gektarga ortganligi, bunda hududning tabiiy iqlim va lalmi erlar xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan;
Leica FlexLine TS02 plus markali elektron taxeometr hamda i70 GPS markali qurilmalari yordamida lalmi erlar hududining 3D o‘lchamli modelini tuzish orqali aniq er hisobini yuritish mumkinligi asoslangan;
sun’iy yo‘ldosh ↔ «Ergeoportal» tizimi ↔ geodezik o‘lchash ↔ uchuvchisiz uchish qurilmalari mexanizmi asosida lalmi erlar monitoringini yuritish asoslangan;
lalmi erlar xususiyatlariga qarab ulardan samarali foydalanish bo‘yicha yuqori yarim cho‘l pog‘onasi mintaqasiga «qisqa muddatli» (5 yillik) va quyi adir pog‘onasi mintaqasiga «o‘rta muddatli» (10 yillik) va yuqori adir pog‘onasiga esa «uzoq muddatli» (20 yillik) er tuzish loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali lalmi erlarni monitoring qilish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
«Lalmi va yaylov erlarida monitoring yuritish» bo‘yicha ilmiy-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 17-maydagi 04/30-04/3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi mavjud lalmi va yaylov erlari monitoringini yuritish, sug‘orilmaydigan ekin erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Alisher Navoiy massividagi sug‘orilmaydigan ekin erlarining 2D o‘lchamli 1:10 000 masshtabli elektron raqamli xaritasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 17-maydagi 04/30-04/3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu massiv uchun 3D o‘lchamli xaritalarni yaratishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Lalmi erlarning 3D o‘lchamli elektron raqamli xaritasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 17-maydagi 04/30-04/3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, lalmi erlarning aniq hisobini yuritish hamda er qiyaligi va ekspozisiyasiga qarab qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish imkonini bergan.
Lalmi erlardan foydalanishda qisqa muddatli (5 yil), o‘rta muddatli (10 yil) va uzoq muddatli (20 yil) er tuzish loyihalari tasnifi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 17-maydagi 04/30-04/3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orilmaydigan lalmi erlardan samarali foydalanishda erdan foydalanuvchilar va investorlar uchun xizmat qilgan.
«O‘simliklar dunyosi kadastr ma’lumotlari asosida yaylov va lalmikor erlardan foydalanish darajasini baholash va ekinlarning vegetatsiya ko‘rsatkichlarini bashoratlashning dasturiy ta’minoti» yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 17-maydagi 04/30-04/3063-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturiy ta’minot lalmi erlari monitoringini yuritish ishlarini muayyan darajada avtomatlashtirish hamda sarf etilayotgan ortiqcha mehnat va mablag‘larni tejash imkonini bergan.