Doschanov MavlonbekRajabbaevichning
falsafa doktori(PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yangi kompozisiya bilan ishlov berilgan olovbardosh to‘qimachilik materiallarining qo‘llanilish usullarini ishlab chiqishni takomillashtirish”,05.10.02 –Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1240.
ilmiy rahbar: Rafiqov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar:Nurkulov Fayzulla Nurmo‘minovich – texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi; Abduazimov Shavkat Xakimovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent, Toshkent davlat transport universiteti kafedra dotsenti.
Yetakchi tashkilot:Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi kompozisiya bilan ishlov berilgan olovbardosh to‘qimachilik materiallarining qo‘llanilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
to‘qima iplarini oxorlash jarayonida materialga yangi kompozisiya bilan olovbardosh ishlov berishning takomillashtirilgan usuli yaratilgan, kompozisiya tarkibiga antipiren sifatida bor kislotasi va karbamid, polimer parda hosil qiluvchi va azotsaqlovchi komponent sifatida kollagen va poliakrilamid, ularni tolalarga payvandlash sifatini oshirish uchun kaliy persulfatdan foydalanishning samaradorligi aniqlangan;
tolaga yong‘indan himoyalovchi kompozisiyani shimdirish maqsadida to‘qimachilik materialiga 1,5-2,0 foizli natriy gidroksidi eritmasi bilan dastlabki ishlov berilishi natijasida sellyulozaning gidroksil guruhlari bilan antipirenlarning kimyoviy bog‘langanligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
antipiren va polimerlarning mato tolalariga kimyoviy payvandlanishi natijasida materialni olov ta’sirida 25-30 soniyagacha alangalanmasligiga, hamda massa yo‘qotishi 4-5% gacha, qoldiq yonish vaqtini 0-3 soniyagacha, cho‘g‘lanish vaqti 2-5 soniyagacha, ko‘mirlangan qismining masofasi 30-35 foizgacha kamayishiga erishilgan;
yong‘indan himoyalovchi kompozisiya tarkibida akril emul`siyasi o‘rniga poliakrilamidning kiritilishi tutun xosil qilish koeffisienti bo‘yicha materialni mo‘’tadil tutun xosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan guruhdan oz tutun xosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan guruhga o‘tkazish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi kompozisiya bilan ishlov berilgan olovbardosh to‘qimachilik materiallarini qo‘llanilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik materiallariga olovbardosh ishlov berish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (№ FAP 01578. 10.06.2019 yil) olingan. Natijada materialga antipiren kompozisiya bilan sifatli ishlov berish imkoniyati yaratilgan;
yangi olovbardosh kompozisiya bilan ishlov berilgan brezent matolari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari faoliyatiga tatbiq etilgan (FVV YoXvaFVMITIning 2021 yil 22 sentyabrdagi Dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2021 yil 30 sentyabrdagi 2/4/32-2713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yong‘inlarni samarali bartaraf etish va tarqalishining oldini olish imkonini bergan.
olovbardosh brezent materiallari asosida issiqlikka bardoshli qo‘lqop ishlab chiqarish Farg‘ona viloyati “Elegent kapital tikuv” korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2021 yil 30 sentyabrdagi2/4/32-2713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi maxsus qo‘lqop ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.