Kamolov Lazizjon Aminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyati va aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1692.
ilmiy rahbar: Kurbanov Xolmurod Abdusalomovich – texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich – texnika fanlari doktori, professor, “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti fakultet dekani; Djuraev Sobir Mirzaevich – t.f.f.d., (PhD), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi YoX va FVMITI boshlig‘i.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash va Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining imkoniyatlarini o‘rganish, xodimlarning kasbiy va ruhiy tayyorgarligini oshirishda, raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda, o‘qitishni tashkil etish va xodimlar ish unumdorligini oshirish imkoniyatining samaradorlik jihatlari ilmiy asoslangan;
Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirish, yuritiladigan hujjatlarning elektron namunalarini ma’lumotlar bazasiga kiritish, “E-inspektor” apparat-dasturiy kompleksi bazasiga kiritish va App Store hamda Google Play dasturiy ta’minotiga joylashtirish samaradorligi aniqlangan.
aholining barcha qatlamini, shu jumladan Respublikaga tashrif buyuradigan turistlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash samaradorlinigi oshirish maqsadida o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin bo‘lgan mobil` ilova tizimi yaratilgan;
favqulodda vaziyatlarda kerakli kuch va vositalarni hisoblash bo‘yicha elektron hisoblash mashinalari va android versiyali mobil` qurilmalarda foydalanish mumkin bo‘lgan dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorik jamiyatiga qarashli “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ faoliyatida qo‘llanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 22 maydagi 05/20-1-12-202–son ma’lumotnomasi). Natijada “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJda, “BNQIZ” MChJda ishchi-xizmatchilarning hayoti va sog‘ligi hamda moddiy boyliklarning ehtimoliy saqlab qolinishiga, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq vaqt tejalishiga erishilgan;
“E-inspektor” apparat-dasturiy kompleksi O‘zbekiston Respublikasi FVV DYoNTE bosh boshqarmasi va vazirlikning quyi tizimlari faoliyatiga tadbiq etildi. (FVVning 2020 yil 18 maydagi 3/4/36-1166–son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatiga “E-inspektor” apparat-dasturiy kompleksining joriy etilishi xodimlari ish unumdorligini 40-50 % gacha a) yaxshilashga erishilgan.