Boboev Azizjon Azimjonovichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tog‘-kon sanoati sohasida professional xavflarni monitoring va baholash metodologiyasini ishlab chiqish” 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi va 11.00.05 – “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”, dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2571.
ilmiy rahbar: Musaev Marufdjan Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
ilmiy rahbar: Timofeeva Svetlana Semyonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar: Muradov Shuxrat Odilovich – kimyo fanlari doktori, professor, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti professori; Sabirov Erkaboy Erkinbaevich– texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i,.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi oltin va uran qazib olishdagi zararli, xavfli va radiatsiyaviy ishlab chiqarish omillari ta’sirida ishlaydigan tog‘-kon sanoati xodimlarining ekologik va professional xavflarini hamda yong‘in-portlash xavfini baholash va boshqarishning nazariy, ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirish, shuningdek, tog‘-kon sanoatida professional xavflarini monitoring qilish va baholash metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
tog‘-kon sanoatidagi maxsus radiatsiyaviy xossalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish ob’ektlaridagi ishchi xodimlamlarning xavflarini nazorat qiluvchi yagona markazlashgan monitoring sxemasi hamda ekologik xavflarni kamaytirish uchun dastur va imitatsion model ishlab chiqilgan;
ilk marotaba ilmiy natijalar asosida, tog‘-kon sanoatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va tog‘-kon sanoati ob’ektlarida professional xavflarni baholashning eng samarali metodologiyasi ilmiy va nazariy jihatdan asoslantirilgan;
tog‘-kon sanoati ob’ektlarida yong‘in - portlash extimoli yuqori bo‘lgan xavflar baholandi hamda foydali qazilmalarni qazib olish hududlarida er usti suvlari, havo va tuproq ifloslanishiniing ekologik xavfini kamaytirishni baholash bo‘yicha matematik modellar yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Tog‘-kon sanoati sohasida professional va ekologik xavflarni monitoring va baholash metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltin va uran ishlab chiqarish jarayonlarida band bo‘lganlarning mehnat sharoitlari baholanib, tog‘-kon sanoati xodimlari uchun ishlab chiqarish xavfli omillari aniqlangan va sanoat sharoitida ishlab chiqilgan oltin va uran ishlab chiqarish jarayonlarida professional va ekologik xatarlarni monitoring qilishning matematik modellari Navoiy kon - metallurgiya kombinati “Geologiya qidiruv ekspedisiyasi”da joriy qilingan (“NKMK” davlat korxonasining 2021 yil 9 sentabrdagi № 02 - 06 - 07/9275 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi xodimlarga ta’sir qiluvchi eng xavfli ishlab chiqarish radiatsion omillari yillik effektiv doza quvvatining ta’sirini 8 - 10% gacha kamaytirish imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan shaxsiy va ekologik xavflar kattaligi ta’sirini real sharoit bilan ronjirovkalangan matematik modellari va sanoat ishlab chiqarish hududidagi havo atmosferasining, er usti suvlari va tuproqning ifloslanishi ekologik xavfini kamaytirishni baholashning matematik modellari “1 - SON GMZ” Kon boshqarmasida joriy qilingan. (“NKMK” davlat korxonasining 2021 yil 9 centabrgi № 02 - 06 - 07/9275 - son ma’lumotnomasi). Natijada, radiatsion omillarning dinamik o‘zgarishlari yordamida ob’ektlarni tavsiflashning yagona sxemasi algoritmik modellari ishonchliligini oshirish, shu bilan birga professional xavflar kattaliklarini baholash va ularning real vaqt ichida o‘zgarishlarini kuzatish asosida kompleks bashoratlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish