Xolmirzaev Farxod Abdubannaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasida oqim parametrlarini boshqarish qurilmasini takomillashtirish” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.3.PhD/T1849.
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Abbazov Ilxomjon Zopirovich, texnika fanlari nomzodi dotsent RhD.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport ish rejimini boshqarish qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish orqali paxta mahsulotlari dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va ish unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
paxta pnevmotransportining oqim parametrlarini boshqaruvchi mavjud qurilmalarni aerodinamik qarshiligi yuqori ekani va zarur ish rejimini yuqori aniqlikda ta’minlab bera olmasligi aniqlangan;
amaldagi oqim parametrlarini boshqarish qurilmalarining oqimni bir me’yorda o‘zgartirish imkoniyatlari natijasida uch parrakli, rezbali mexanizm bilan boshqariluvchi drossel`ni samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
rejali amaliy tadqiqotlar natijalari orqali uch parrakli drossel`ning (drossel parraklari soni, kirish quvuri torayish burchagi, chiqish quvuri kengayish burchagini) ratsional parametrlari aniqlangan;
paxtani turli masofalardan, turli ish unumida tashish jarayonlari natijalari asosida eng kam energiya sarfi bilan yuqori havo bosimini ta’minlab beruvchi oqimning (o‘rtacha miqdori, normal tezligi, lintning iflosligini) maqbul parametrlari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasining oqim parametrlarini boshqarish qurilmasi yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqimni bir me’yorda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan drossel` konstruksiyasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “Namangan paxta teks” MChJga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2021 yil 9 noyabrdagi №02/12-280-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta pnevmotransporti faoliyat radiusini 50-60 m oshirishga erishilgan;
paxtani havo yordamida tashuvchi pnevmotransport uskunasi ratsional parametrlari “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “Namangan paxta teks” MChJga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2020 yil 14-iyuldagi №02/12-280-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta pnevmotransporti energiya sarfini 1 t paxta hisobiga 2.5 kVt kamayishiga erishilgan.