Xusanova Shoxida Alibek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Arrali tola ajratish mashinasida paxta tolasini arra tishlaridan echib olish jarayoni samaradorligini oshirish” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga  dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2707
Ilmiy rahbar: Olimjon Sharipjanovich Sarimsakov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika institutida bajarilgan
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jin arrasi tishlari profili va arra tishlaridan tolani echib oluvchi qurilmani takomillashtirish hisobiga jinlash jarayoni samaradorligini oshirish hamda paxta tolasi va chigit boshlang‘ich sifatini saqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
jinlash mashinasi arralaridan tolani echib olish natijasida arra tishlaridan tolaning to‘liq echib olinmasligi va jarayon uchun sarflanayotgan havo va energiya sarfi yuqori bo‘lishi nazariy asoslangan;
tolani arra tishlaridan echib olish jarayonini tadqiqi natijasida arra tishlariga havo purkash tirqishining arralar orasiga to‘g‘ri keladigan qismini berkitish va havo oqimini arra tishlariga aniq yo‘naltirish orqali havo sarfini kamaytirishni ta’minlovchi havo soplosi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
arra tishi profili va o‘lchamlarining tolani arra tishlaridan echib olish jarayoniga, arra tishi old qirrasi og‘ish burchagi va tish balandligining tola tutamining tishdan chiqib ketish vaqtiga ta’siri aniqlangan;
ko‘p omilli tajribalar asosida arra tishlaridan paxta tolasini to‘liq echib olinishi va tolaning dastlabki sifat ko‘rsatkichlari maksimal darajada saqlanishini ta’minlovchi havo soplosining (jin arrasi tishining balandligi, havo purkagich tirqishlaridan beriladigan havoning tezligi, tirqishning arralar orasiga to‘g‘ri keladigan qismini berkitadigan tiqinning kengligini) maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jin arrasi tishlari rasional profilini ishlab chiqish hisobiga tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tolani arra tishlaridan echib olish qurilmasi va rasional profilli tishlarga ega bo‘lgan arralar bilan jihozlangan tola ajratish mashinasi Namangan viloyatidagi “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 15 oktyabrdagi № 02/12-281 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushining absolyut 0,5% ga hamda tolani arra tishlaridan echib oluvchi qurilma energiya sarfining soatiga 6 kVt ga kamayishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish