Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmedieva Aliya Toxtarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida lizingli investisiyalash mexanizmini takomillashtirishning makroiqtisodiy jihatlari», 08.00.02–Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Iqt128.
Ilmiy konsul`tant: Kadirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: TDIU huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish muammolari va ilmiy asoslari» ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimova Naima Obidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Voronin Sergey Aleksandrovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda investisiyalashning lizing mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda lizingli investisiyalashda «Lizing faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maxsus jamg‘armasini tashkil etish» taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘yicha klasterli lizingni kiritish asosida lizing mahsulotarining yangi turlarini yaratish (full-service leasing, ecosystem leasing) taklif etilgan;
raqobat muhitini rivojlantirish va tranzaksion xarajatlarni kamaytirish maqsadida lizing xizmatlari bozori ishtirokchilari uchun ixtisoslashtirilgan virtual` (virtual) savdo maydonchalarini yaratish taklif etilgan;
lizing munosabatlarini rivojlantirishni tartibga solishning institusional mexanizmlari lizing aktivlarini sek`yuritizatsiya (securitization) qilish asosida takomillashtirilgan;
lizing xizmatlari o‘sishini cheklovchi omillar ta’sirini hisobga olgan holda lizing xizmatlari bozori rivojlanishining 2027 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (concordance coefficienta).
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda lizingli investisiyalash mexanizmini takomillashtirishning makroiqtisodiy jihatlari masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra:
lizing kompaniyalari tomonidan  lizing xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarda ishtirok etish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida respublikada lizing munosabatlarini rivojlantirishning «Lizing faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maxsus jamg‘armasini tashkil etish» taklifi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston Respublikasining 2022 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 24 yanvardagi 04/1-70-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasida lizing faoliyatining fuqarolik-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha tartibga soluvchi normalardan Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun lizing munosabatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirishda foydalaniladi;
qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘yicha klasterli lizingni kiritish asosida lizing mahsulotarining yangi turlarini yaratish (full-service leasing, ecosystem leasing) taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi» dasturiga  kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil  26 yanvardagi 31-01-01-32/55-son ma’lumotnomasi). Tahliliy ishlanmalar va ekspert xulosalariga ko‘ra, lizing qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida (25,5 foiz), shuningdek, engil va oziq-ovqat sanoatida birmuncha samarali (25,1 foiz) ekanligi aniqlandi. Shuni inobatga olgan holda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishning strategik maqsad va vazifalari belgilanib, ular mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liq;
raqobat muhitini rivojlantirish va tranzaksion xarajatlarni kamaytirish maqsadida lizing xizmatlari bozori ishtirokchilari uchun ixtisoslashtirilgan virtual` (virtual) savdo maydonchalarini yaratish taklifi O‘zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasi Boshqaruvining 2021 yil 15 noyabrdagi 04/11-2346-son qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasining 2021 yil 10 dekabrdagi 1245-son ma’lumotnomasi). Natijada lizing xizmatlarining barcha etkazib beruvchilari va iste’molchilariga konsalting xizmatlari on-layn tartibda virtual platforma tizimiga kirishda teng imkoniyatlar, institusional o‘zgarishlar, lizing bozori kon’yunkturasi, lizingli investisiyalash sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, lizing xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish uchun sharoitlar yaratilgan;
lizing munosabatlarini rivojlantirishni tartibga solishning institusional mexanizmlari lizing aktivlarini sek`yuritizatsiya (securitization) qilish taklifi O‘zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasi Boshqaruvining 2021 yil 15 noyabrdagi 04/11-2346-son qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasining 2021 yil 10 dekabrdagi 1245-son ma’lumotnomasi). Natijada lizing xizmatlarining barcha etkazib beruvchilari va iste’molchilariga konsalting xizmatlari on-layn tartibda virtual platforma tizimiga kirishda teng imkoniyatlar, institusional o‘zgarishlar, lizing bozori kon’yunkturasi, lizingli investisiyalash sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, lizing xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish uchun sharoitlar yaratilgan;
lizing xizmatlari hajmi oshishini cheklovchi omillar (concordance coefficient) va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ta’sirini hisobga olgan holda 2027 yilgacha lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish prognozidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Yangi O‘zbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi» dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 26 yanvardagi 31-01-01-32/55-son ma’lumotnomasi). Lizing xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha prognoz natijalaridan (2027 yilga kelib, lizing xizmatlari hajmini 2,4 barobar oshirish rejalashtirilgan) iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish