Xoshimov Sobir Murtazaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda xorijiy investisiyalarni sug‘urtalashni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iitisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1914.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xorijiy investisiyalarni sug‘urtalashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik shaklida sug‘urta pulini (Insurance Pool) tashkil etish orqali yuqori qiymatli xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalarni sug‘urtalash taklif etilgan;
cug‘urta kompaniyalarining xorijiy investisiyalarni sug‘urtalashda tashkilot rahbarlarining javobgarligini sug‘urtalash va biznesning to‘xtab qolishini sug‘urtalashni joriy etish zarurligi ilmiy asoslangan;
xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarning risk va murakkablik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan tartibda sug‘urtalashga qabul qilish ilmiy asoslangan;
xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarni sug‘urta faoliyati klassifikatorining 1,-3,-7,-8,-9- klasslari doirasida o‘zaro bog‘liqlikda sug‘urtalash tartibi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda xorijiy investisiyalarni sug‘urtalashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik shaklida sug‘urta pulini (Insurance Pool) tashkil etish orqali yuqori qiymatli xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalarni sug‘urtalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining   «2022-2026 yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2022 yil 29 martdagi KT/16-02-32-18/362-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi erkin iqtisodiy zonalar hududida qiymati 5,0 million AQSh dollari ekvivalentidan, ustuvor tarmoqlarda  qiymati 50 million AQSh dollari va undan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalarini sug‘urtalashga erishilgan;
cug‘urta kompaniyalarining xorijiy investisiyalarni sug‘urtalashda  tashkilot rahbarlarining javobgarligini sug‘urtalash va biznesning to‘xtab qolishini sug‘urtalashni joriy etish taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJ sug‘urta kompaniyasining «2022-2024 yillarga mo‘ljallangan sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish strategiya»sini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 6 apreldagi 02-02/752-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, «O‘zagrosug‘urta» AJ sug‘urta kompaniyasida xorijiy investisiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta turlarini kengaytirish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlari oshishiga erishilgan. Jumladan, xorijiy investisiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta turlari 5 tadan 7 taga etkazilgan;
xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarning risk va murakkablik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan tartibda sug‘urtalashga qabul qilish taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJ sug‘urta kompaniyasining «2022-2024 yillarga mo‘ljallangan sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish strategiya»sini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 6 apreldagi 02-02/752-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya loyihalari risklarini sug‘urtalash shartlarini ishlab chiqish takomillashtirilgan hamda sug‘urta kompaniyalarining risklar bo‘yicha javobgarlik mas’uliyatini qabul qilish qobiliyatini belgilashga xizmat qilgan;
xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarni sug‘urta faoliyati klassifikatorining 1,-3,-7,-8,-9- klasslari doirasida o‘zaro bog‘liqlikda sug‘urtalash tartibi taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 28 yanvardagi 01-06/1476-son yillik ish rejasiga asosan sug‘urtalash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 6 apreldagi 02-02/752-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, «O‘zagrosug‘urta» AJda xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarni kompleks sug‘urtalashdan kelib tushgan sug‘urta mukofotlari 2021 yilda 12,78 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish