Sayt test rejimida ishlamoqda

Xasanov Il`xom Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori jag‘ning  distal soxasida  nuqsonlari bulgan bemorlarni kompleks reabilitatsiyasida dental implantatsiyani qullash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1565.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Iordanashvili Andrey Konstantinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dental implantatsiyaning kompleks reabilitatsiyasida yuqori jag‘ning distal soxalarida suyak nuqsonining yuqotilgan xajmini tiklash samaradorligini oshirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora, yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining surunkali yallig‘lanish kasalliklari mavjud bulgan bemorlarda, sinus lifting va bir bosqichli implantatsiya bilan gaymor bo‘shlig‘ining sanatsiyasini utkazish suyak strukturalari xajmining optimal tiklanishiga va reabilitatsiya muddatini qisqarishiga olib kelishi isbotlangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining surunkali yallig‘lanish kasalliklari mavjud bulgan bemorlarda kalsiy-fosfor almashinuvi buzulishi aniklanib, davolashda ossein-gidroksiapatit kompleksini qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
ochiq sinus-lifting paytida dental implantatsiyasini qullash bilan suyak rekonstruktiv tiklash operatsiyasini o‘tkazish ketma ketligi asoslangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining surunkali yallig‘lanish kasalliklari mavjud bulgan bemorlarda, bir boskichli sinus lifting bilan gaymor bo‘shlig‘ining sanatsiyasini utkazish davolash muddatining kiskarishiga olib kelishi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dental implantatsiyani qo‘llash bilan yuqori jag‘ning distal  soxalarining tish qatorlarini nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori jag‘ning sinusiti bo‘lgan bemorlarda dental implantatsiya va sinus-lifting asoratlarining profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Yuqori jag‘ sinusiti bo‘lgan bemorlarda dental implantatsiya va sinus-lifting asoratlarining profilaktikasi" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/ 196-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dental implantatsiyasining samaradorligini oshirish, yuqori jag‘ning anatomik-funksional xolatini va yuqori jag‘ning chaynash funksiyasini tiklashda yuqori jag‘ning distal qismlarida tish qatorlarining nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni jarroxlik yuli bilan davolashning yangi usulini qo‘llash imkonini bergan;
ikkilamchi qisman adentiyasi bo‘lgan bemorlarda fosfor-kaltsiy almashinuvini tashxislash usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Dental implantatsiyasida yuqori jag‘ning ikkilamchi qisman adentiyasi bo‘lgan bemorlarda fosfor-kaltsiy almashinuvining taxlili" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/197–son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dental implantatsiyada yuqori jag‘ning ikkilamchi qisman adentiyasi bo‘lgan bemorlarning fosfor-kaltsiy almashinuvining diagnostikasiga kompleks yondashuv bilan bemorlarni muvaffayaiyatli implantologik davolashda, Doctor Khasanov Stoma Service xususiy klinikasining tajribasidan keng foydalanish imkonini beradi va asoratlarni prognoz qilish yullarini oydinlashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Samarqand shaxridagi Doctor Khasanov Stoma Service klinikasi, Samarqand shaxar 1-bolalar shaxar stomatologiya poliklinikasi, Samarqand shaxar 1-son shaxar stomatologiya poliklinikasi faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktabrdagi 8n-r / 354 – son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilish natijalari A - PRF usuli yordamida qon plazmasining sentrifuga yordamida qo‘llanilishi  bilan dental implantatsiya orqali ikkilamchi deformatsiyalarning paydo bo‘lish xavfini pasaytirish, yuqori jag‘ distal  qismlarining tish qatorlarining nuqsonlari bo‘lgan  bemorlarda operatsiyadan keyingi  davrda yuzaga keladigan asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish