Shukurov Rahim Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqami: B2020.3.PhD/Ped566.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Kadirov Rashid Xamidovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini nazariy asoslash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi talabalarini masofaviy ta’lim sharoitiga tayyorlash, hamda sog‘lom turmush madaniyatini riojlantirish jarayoni turon yakkakurashi vositasida innovatsion adaptiv-moslashuv komponentiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarining sog‘lom turmush madaniyatini rivojlanish darajasini baholash jarayoniga innovatsion-texnologik ko‘nikmalar va turon yakkakurash fanidan innovatsion-pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
axborot texnologiyali ta’lim muhitida talabalarning sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish maqsadida elektiv kurs imkoniyatlari, o‘quv-metodik va innovatsion didaktik resurslardan tarkib topgan axborot texnologiyali ta’lim modeli mazmuni jarayonli, texnologik, shaxsga mo‘ljallanganlik va aksiologik qadriyatlar bilan psixologik, fiziologik va didaktik imkoniyatlar uyg‘unligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
“Sog‘lom turmush madaniyati” nomli elektiv kurs dasturini o‘quv jarayoniga joriy etishda axborot texnologiyali o‘qitishning shakl va metodlari samaradorligi asoslanib, turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish metodikasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, tayyorlangan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
talabalar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning ustuvor yondashuvlari, oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida fanni o‘qitishning zamonaviy integral ta’minot resurslari, turon yakkakurashi vositasida innovatsion adaptiv-moslashuv komponentlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan xulosalar “Turon milliy yakkakurashi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-son buyrug‘i asosida berilgan 107-045 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush madaniyatiga oid bilim, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali salomatlikni saqlash va mustahkamlash, valeologik madaniyat, milliy qadriyat, jismoniy salomatlik kabi sifatlariga ustuvorlik berish orqali aniqlangan bo‘lib, jismoniy (adaptiv) moslashuvchanligini tarbiyalashning o‘quv-uslubiy va elektron resurslar ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
turon yakkakurashi vositasida jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining sog‘lom turmush madaniyatini rivojlanish darajasini baholashga, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga doir takliflar “Milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 355-son buyrug‘i asosida berilgan 335-035-raqamli guvohnomasi) va (O‘zbekiston turon yakkakurashi federatsiyasining 2021 yil 18 iyundagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar sog‘lom turmush madaniyatini, turon yakkakurash sporti vositasida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim samaradorligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
axborot texnologiyali ta’lim muhitida talabalar cog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning takomillashtirilgan ta’lim modeli, o‘quv resurslari, tashkiliy va metodik usullari “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi (Turon)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabridagi 862-son buyrug‘i asosida berilgan 892-089-raqamli guvohnomasi). Natijada, turon yakkakurashi vositasida talabalar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Sog‘lom turmush madaniyati” nomli elektiv kursning mazmuni qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlik asosida takomillashtirilgan;
talabalarda turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Elektiv kurs” tashkil etilgan, elektron resurslar, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulot ishlanmalari, nazorat savollari, testlar, taqdimotlar, 3D animatsiyalar va video materiallari ishlab chiqilgan, xulosa va takliflardan OT-F-02-raqamli «Sport madaniyatini rivojlantirish orqali yoshlarda ruhiy va ongli chiniqishini shakllantirish» nomli fundamental loyihada (2017-2020 yy.) belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-15/5138-son ma’lumotnomasi). Natijada, turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning “Elektiv kurs” tajribalari amaliyotga tatbiq etilib, talabalarning motivatsion, qadriyatli munosabatlar, jismoniy salomatlik, ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlanirishga xizmat qilgan.