Sayt test rejimida ishlamoqda

Musurmonova Shahlo Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya 13.00.01-Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/Ped2692.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti, PhD.03/30.01.2020/.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kushakova Gulnora Egamqulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falcafa doktori (PhD), dosent.
Etakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “ekologik xavfsizlik” tushunchasiga pedagogik nuqtai nazardan mualliflik yondashuvi ishlab chiqilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirish bosqichlari motivatsion (o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga intilishni uyg‘otish), kognitiv (bilish faoliyatini rivojlantirish), informatsion (axborotga yo‘nalganlik, axborotlarni tahlil qilish), refleksiv (o‘z tushuncha va hatti-harakatlarni anglash, mustaqil tahlil qilishga o‘rgatish) faoliyatini inobatga olgan holda aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirishda pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, illyustratsiyalar namoyish etish, syujetli-rolli o‘yinlar, videoekskursiya, videotahlil kabi zamonaviy interfaol pedagogik texnologiyalar hamda “Ekologik xavfsiz maktab” mul`timedia recurclarining samaradorligi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarining shakllanganlik darajasini belgilovchi mezonlar ekologik xavfsiz maktab, ekologik xavfsiz mahalla, ekologik xavfsiz hudud tamoyillari asosida tabiat komponentlari (atmosfera, er (tuproq), quyosh, o‘simlik va hayvonot dunyosi)dan to‘g‘ri foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik, ekologik xavfning oldini olish kabi ko‘rsatkichlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirish modeli tabiatshunoslik va tabiiy fanlarining ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika, tarbiya fanlari bilan ichki va tashqi, vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlash, interfaol o‘quv muhiti munosabatlari (o‘qituvchi+o‘quvchi, o‘quvchi+o‘quvchi, o‘qituvchi+ota-ona)ga ustuvorlik berish hamda xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning ichki va tashqi aloqadorligini integrativ yondashuv asosida ta’minlash orqali o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllanganlik darajasini belgilovchi mezonlar va ko‘rsatkichlar takomillashtirilganligi, integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirishning didaktik xususiyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga ekologik tarbiya berish orqali ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan I-OT-2019-8-“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 22 fevraldagi 01/15-09/41-son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchasini shakllantirishda fanlararo aloqadorlikning ta’minlanishiga va metodik ta’minotning takomillashtirilishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishda ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirishga oid tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining P3-20170930374-raqamli - “Jamiyatda ekologik barqarorlikni rivojlantirish” mavzusidagi davlat grantida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 maydagi 0209/518-19-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onalarning ekologik xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishga, o‘quvchilarda ekologik xavfsizlik haqidagi tushunchalarini shakllantirishda davlat va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik tushunchalarini shakllantirishda ta’lim muassasalari bilan jamoat tashkilotlari hamkorligini ta’minlash, ekologik xavfsizlik tushunchalarining huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar “Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/12-10/1613-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining, jumladan ota-onalar va bolalarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga, inson salomatligiga, tabiatga zarar etkazmaslik, keltiradigan ekologik xavfning oldini olishning huquqiy asoslari mustahkamlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish