Sayt test rejimida ishlamoqda

Raximdjanova Dilnavoz Sunnat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antik davr falsafasida erkinlik fenomeni taransformatsiyasi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal95.
Ilmiy rahbar: Karimov Raxmat Raxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchixra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xolmo‘minov Ja’fat Muxammadievich, falsafa fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antik davr falsafasida erkinlik fenomenining transformatsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkinlik fenomeni hamda fuqarolar hayotidagi erkinlik axloqining «qonun», «polis», «fuqaro» bilan bog‘liq mohiyati Sokrat, Platon, Aristotel` va neoplatonizm vakillarining mas’uliyat, ideal davlat, o‘zboshimchalik, javobgarlik kabi falsafiy qarashlari asosida ochib berilgan;
Platonning «Davlat» asaridagi me’yordan ortiq erkinlikni davlatni boshqaruvchi yakka insonlar qo‘liga berish tiraniya tuzumiga olib kelishi va jamiyatni tobelashtirishi kabi nuqtai nazar bilan hozirgi kunda hokimiyatdagi vakolatli shaxslarga qonun chegarasidan chetga chiquvchi erkinlikni berish zamonaviy sotsiumda fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzilishiga sabab bo‘lishi va uning fuqarolik jamiyati tamoyillariga zidligi borasidagi yondashuvning uyg‘unligi asoslangan;
davlat siyosiy boshqaruvida shaxs, jamiyat manfaatlarini ta’minlashdagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar vositasida xalq bilan muloqot, adolat, tenghuquqiylik va gumanistik tamoyillarni qaror toptirish zaruriyati jamiyat bir butunligini ta’minlashda namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
antik davr falsafasi mutafakkirlarining qarashlarida erkinlik fenomenining evolyusion transformatsiyasi dialektik jihatdan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy, falsafiy, ruhiy erkinlikdagi plyuralistik g‘oyalarning zamonaviy mohiyatiga adekvat ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antik davr falsafasida erkinlik fenomeni transformatsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
erkinlik fenomeni hamda fuqarolar hayotidagi erkinlik axloqining «qonun», «polis», «fuqaro» bilan bog‘liq mohiyati Sokrat, Platon, Aristotel` va neoplatonizm vakillarining mas’uliyat, ideal davlat, o‘zboshimchalik, javobgarlik kabi falsafiy qarashlari asosida ochib berilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar hayoti, erkinliklarini, intilishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-ma’naviy, huquqiy, sohalarga oid turkum tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 9 noyabrdagi 2-13-23-2781-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning ilmiy va innovatsion salohiyatini boyitish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
Platonning «Davlat» asaridagi me’yordan ortiq erkinlikni davlatni boshqaruvchi yakka insonlar qo‘liga berish tiraniya tuzumiga olib kelishi va jamiyatni tobelashtirishi kabi nuqtai nazar bilan hozirgi kunda hokimiyatdagi vakolatli shaxslarga qonun chegarasidan chetga chiquvchi erkinlikni berish zamonaviy sotsiumda fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzilishi va uning fuqarolik jamiyati tamoyillariga zidligi borasidagi yondashuvning uyg‘unligi asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining o‘quv-uslubiy ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi 2021 yil 14 sentyabrdagi 02/369-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlarning ijodiy va kasbiy faoliyatini ta’minlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga, ruhiy va ma’naviy olami boyishiga xizmat qilgan;
davlat siyosiy boshqaruvida shaxs, jamiyat manfaatlarini ta’minlashdagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar vositasida xalq bilan muloqot, adolat, tenghuquqiylik va gumanistik tamoyillarni qaror toptirish zaruriyati jamiyat bir butunligini ta’minlashda namoyon bo‘lishi ochib berilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan «G‘arb falsafasi tarixi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 23 fevraldagi 02/01-02-55-son ma’lumotnomasi). Natijalar davlat boshqaruvidagi erkinlik ahamiyati shaxsning falsafiy-siyosiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
antik davr falsafasi mutafakkirlarining qarashlarida erkinlik fenomenining evolyusion transformatsiyasi dialektik jihatdan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy, falsafiy, ruhiy erkinlikdagi plyuralistik g‘oyalarning zamonaviy mohiyatiga adekvat ekanligi dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK qoshidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK koshidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining 2021 yil 30 iyuldagi 02-40/1246-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar ongida erkin tafakkuri rivojiga, o‘z ichki ruhiy-ma’naviy olamini anglashga xizmat qilgan. Jumladan, antik davr falsafasi mutafakkirlarining qarashlarida erkinlik fenomenining evolyusion transformatsiyasi dialektik jihatdan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy, falsafiy, ruhiy erkinlikdagi plyuralistik g‘oyalarning zamonaviy mohiyatiga adekvat ekanligi dalillanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi «Teleradiokompaniya ZO‘R» MChJ tasarrufidagi «Vodiy sadosi Yoshlar teleradiokanali» FM102,7 radiostansiyasi tomonidan efirga uzatiladigan «Ko‘ngil bekati» radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Teleradiokompaniya ZO‘R» MChJning 2021 yil 28 iyundagi 03-10/1701-son dalolatnomasi). Natijalar yosh avlod o‘z ma’naviy olamini anglashi hamda shaxslarning axloqiy va falsafiy dunyoqarashini kengaytirishda o‘z ifodasini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish