Ibragimov A’lamjon Amrilloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning kognitiv mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped272.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.012020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Djuraev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning kognitiv mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchi individual kasbiy rivojlanish traektoriyasining uzluksiz ta’limdagi o‘rni bending (banding), striming (streaming), setting (setting), individual o‘qitish dasturi (Secondary Mathemtics Individualised Learning Experiment), shaxsiy rivojlanishni rejalashtirish (Personal Development Planning), umumiy va qo‘shimcha yo‘nalish (majeure/minuere), yadroviy va elektiv dasturlar (core/electives) kabi shakllar ijobiy unsurlarining sintezi asosida izchillik, uzluksizlik, tugallanganlik, anglanganlik mezonlariga bog‘liqlikda aniqlashtirilgan;
o‘qituvchining kognitiv kompetentliligi kognitiv kompetensiyalari yig‘indisini aniq voqelik ob’ektlari bilan bog‘liqlikda egallaganlik tuzilmasining motivlashtirish, axborot, faoliyat va refleksiv tashkil etuvchilari kasbiy-pedagogik qobiliyatlariga (bilish jarayonlarini faollashtirish orqali kasbiy faoliyatini samarali olib borishga tayyorligi, yuksak vazifasini anglay olishi va mustaqil ravishda bilimini rivojlantirishi) korrelyativligi aniqlashtirilgan;
o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini faollashtirish kognitiv egiluvchanlik, kognitiv mobillik, kognitiv vizuallashtirish kabi komponentlarning o‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish, bilimlarni oson o‘zlashtirish, qayta tuzish, individual munosabat, obrazli tasavvur, muayyan pedagogik vaziyatlarda tezkor echim topish, al`ternativ yondashuvlarni taklif qilish, to‘g‘ri va qayta aloqani ta’minlash, zamonaviy talablarga moslashtirishga tayyorligi va qobiliyatini ifodalaydigan integrativ xususiyatini belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda muammoga asoslangan o‘qitish (Problem-Based Learning) vositasida belgilangan echimlarning mavjudligi, amalda sinab ko‘rish, o‘z faoliyatini anglash, muammo ko‘lamiga ko‘ra muddat belgilash kabi xususiyatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi ta’lim oluvchilarning jamoada ishlash, mulohaza yuritish, o‘z bilimlari strukturasini yaratish, muammoni aniqlash, tushunish, hal qilish, asoslash, nostandart fikrlash, muvaffaqiyatga eltuvchi ko‘nikmalar zanjirini yaratish hamda echimlar sintezini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishdan sub’ektiv kutilmalari kognitiv, affektiv, konativ komponentlardan iborat tizimining pedagogik bilim va amaliyot periferiyasidan markazga siljitish zaruriyati motivatsion kuch (kutish, instrumentallik, valentlik), sub’ekt faoliyatining avvalgi va joriy tajribalari munosabati, hissiy holati, kasbiy ehtiyojlari, motivlari, bilimlari, ta’lim mazmuniga yondashuvi, o‘quv faoliyatini idrok qilishi hamda etuklik nuqtalariga yo‘naltirishi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning kognitiv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
o‘qituvchi individual kasbiy rivojlanish traektoriyasining uzluksiz ta’limdagi o‘rni bending (banding), striming (streaming), setting (setting), individual o‘qitish dasturi (Secondary Mathemtics Individualised Learning Experiment), shaxsiy rivojlanishni rejalashtirish (Personal Development Planning), umumiy va qo‘shimcha yo‘nalish (majeure/minuere), yadroviy va elektiv dasturlar (core/electives) kabi shakllar ijobiy unsurlarining sintezi asosida izchillik, uzluksizlik, tugallanganlik, anglanganlik mezonlariga bog‘liqlikda aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini takomillashtirish” mavzusidagi (2021 yil) loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 02-02/3-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini loyihalash va amalga oshirish samaradorligini ko‘tarishga erishilgan;
o‘qituvchining kognitiv kompetentliligi kognitiv kompetensiyalari yig‘indisini aniq voqelik ob’ektlari bilan bog‘liqlikda egallaganlik tuzilmasining motivlashtirish, axborot, faoliyat va refleksiv tashkil etuvchilari kasbiy-pedagogik qobiliyatlariga (bilish jarayonlarini faollashtirish orqali kasbiy faoliyatini samarali olib borishga tayyorligi, yuksak vazifasini anglay olishi va mustaqil ravishda bilimini rivojlantirishi) korrelyativligini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasini takomillashtirish” mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 02-02/3-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv kompetentlilikning o‘qituvchining kasbiy-pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘ziga xos metodologik, nazariy va amaliy jihatlarini aniqlashga erishilgan;
o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda muammoga asoslangan o‘qitish (Problem-Based Learning) vositasida belgilangan echimlarning mavjudligi, amalda sinab ko‘rish, o‘z faoliyatini anglash, muammo ko‘lamiga ko‘ra muddat belgilash kabi xususiyatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi ta’lim oluvchilarning jamoada ishlash, mulohaza yuritish, o‘z bilimlari strukturasini yaratish, muammoni aniqlash, tushunish, hal qilish, asoslash, nostandart fikrlash, muvaffaqiyatga eltuvchi ko‘nikmalar zanjirini yaratish hamda echimlar sintezini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining I–OT–2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga tatbiq qilish” mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 02-02/3-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda muammoga asoslangan o‘qitishning pedagogik modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishdan sub’ektiv kutilmalari kognitiv, affektiv, konativ komponentlardan iborat tizimining pedagogik bilim va amaliyot periferiyasidan markazga siljitish zaruriyati motivatsion kuch (kutish, instrumentallik, valentlik), sub’ekt faoliyatining avvalgi va joriy tajribalari munosabati, hissiy holati, tuzilmaviy-operatsional, pedagogik-psixologik bilimlari, o‘quv faoliyatini idrok qilishi, ta’lim mazmuniga yondashuvi asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining I–OT–2019-9-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 02-02/3-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlanishdan sub’ektiv kutilmalari anglangan harakatlari asosida ehtiyojlariga muvofiq o‘quv mazmunini o‘zlashtirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.       

Yangiliklarga obuna bo‘lish