Abdullaev Nuraddin Quranboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Fizika ta’limida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslari», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped938.
Ilmiy rahbar: Begmatova Dilfuza Abdullajanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02 (bir martilik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Xusniddin Oltiboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdujabborov Ahmadjon Adiljonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining nomutaxassislik yo‘nalishlarida fizika fanini o‘qitishda tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim muassasalarining matematika, kimyo, biologiya, geologiya, texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsion tizimi ta’lim yo‘nalishlari uchun fizika fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuniga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tizimli tahlilni amalga oshirish modeli hamda matematika, kimyo, biologiya, geologiya, texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsion tizimlari ta’lim yo‘nalishlariga moslashtirilgan mavzular mazmuni (Mexanikada: tortishish kuchi va og‘irlikning asosiy farqlari; Molekulyar fizikada: temperaturaning mazmun mohiyati; Elektr va magnetizmda: gravitatsion, elektr va magnit maydonlarining xususiyatlari; Optikada: fotonning fizik mazmuni, yorug‘likning 2 xil xususiyatlari, Atom va yadro fizikasida: kimyoviy elementlarni vujudga kelishida elektr, magnit, yadro maydonlarining roli) hamda strukturasi taklif etilgan;
ta’lim muassasalarining nomutaxassislik yo‘nalishlarida fizikadan amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari tizimli tahlilining Kveyd va Glubokov usullari asosida masalaning qo‘yilishi, muammoni izlash, talqin qilish, qo‘llash, echim tadbiqi asoslarini mos mutaxassisliklar dasturiga moslashtirib kiritish asosida takomillashtirilgan;
fizikani o‘qitishda tizimli tahlil usuli fizika fani mazmunini matematika, kimyo, biologiya, geologiya yo‘nalishlariga moslashtirib o‘qitishning nazariy va empirik (tahlil va umumlashtirishlar) metodlariga tayangan holda mavzular mazmunini ochib berish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda nomutaxassislik yo‘nalishlarida fizikani o‘qitishda tizimli tahlilni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar, olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
nomutaxassislik yo‘nalishlarida talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi, o‘quv jarayonlari uchun fenomenologik tahlil asosida ishlab chiqilgan umumiy fizika mazmunini takomillashtirishga oid takliflari «Fizika o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma (30-97 betlar) da amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23 noyabrdagi 500-sonli, 500-020 raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarning umumiy fizikani o‘zlashtirish samaradorligini 25% oshirish imkonini bergan;
ta’lim muassasalarining nomutaxassislik yo‘nalishlarida fizikadan amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari tizimli tahlilining Kveyd va Glubokov usullari asosida masalaning qo‘yilishi, muammoni izlash, talqin qilish, qo‘llash, echim tadbiqi asoslarini mos mutaxassisliklar dasturiga moslashtirib kiritish asosida takomillashtirilgan takliflardan «Optika-Spektroskopiya va lazer texnologiyalari» ilmiy laboratoriyasida Uzb-Lnd-2021-96 amaliy loyihasi (2-ilovasi 32-43 betlari)da belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2021 yil 16 noyabrdagi 5107-024-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizimli yondashuv asosida loyixa ishini bajarish samaradorligini 24 % oshirish imkonini bergan;
nomutaxassislik yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fizika fani mazmunini integrativ ta’lim texnologiyasi asosida tizimli tahlildan foydalanib takomillashtirish orqali matematika, kimyo, biologiya, geologiya, texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsion tizimlari ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ularning mutaxassisligiga moslashtirilgan takliflar Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 452-son ma’lumotnomasi). Natijada, nomutaxassislar tayyorlashda umumiy fizika o‘qitish samaradorligini 27% oshirish imkonini bergan.