Muminov Xolmurot Turdikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Amaliy mashg‘ulotlarda nogironligi bo‘lgan (tayanch-harakat tizimi buzilgan) talabalarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” (Texnika yo‘nalishidagi oliy ta`lim muassasalari misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3751.
Ilmiy rahbar: Mullaxmetov Radik Gilazovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirzaeva Feruza Tillaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumkasbiy fanlarni o‘qitishda nogironligi bo‘lgan (tayanch-harakat tizimi buzilgan) talabalarni amaliy mashg‘ulotlarda ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhandislik faoliyatida kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan uslubiy-didaktik ta’minot nogironligi bo‘lgan talabalarni jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olish hamda kasbiy faoliyatga moslashtirish talablarini o‘zlashtirish imkoniyatlari va motivatsion ehtiyojlarini korreksiyalash orqali mazmunan optimallashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan (tayanch-harakat tizimi buzilgan) talabalarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasi nogironligi bo‘lgan talabalar uchun masofaviy ta’lim imkoniyatlarni o‘rganish, saralash, umumkasbiy  fanlarini o‘qitishga mo‘ljallangan raqamli ta’lim vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
“Texnik mexanika”, “Mashina detallari” va “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanlarini o‘qitishning didaktik shart-sharoitlari an’anaviy va masofaviy ta’limni o‘zaro integratsiyalashda aralash ta’lim shaklini hamda nogironligi bo‘lgan talabalarni amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan to‘siqsiz muhitni yaratish texnologiyasini umumkasbiy fanlar misolida tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini pedagogik diagnostika qilish metodlari hamda amaliy ko‘nikma darajasini baholashning motivatsion, kognitiv-faoliyatli, refleksiv mezonlari va usullari nogironligi bo‘lgan talabalarni psixologik, fiziologik, shaxsiy xususiyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda nogironligi bo‘lgan talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Texnik mexanika”, “Mashina detallari” va “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanlarini o‘qitishning didaktik shart-sharoitlari an’anaviy va masofaviy ta’limni o‘zaro integratsiyalashda aralash ta’lim shaklini hamda nogironligi bo‘lgan talabalarni amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan to‘siqsiz muhitni yaratish texnologiyasini umumkasbiy fanlar misolida tatbiq etish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflar “Texnik mexanika”, “Mashina detallari” va “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanlaridan tayyorlangan sillabus mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 08 yanvardagi 89-03-113-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan uslubiy didaktik ta’minotdan ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam bergan;
muhandislik faoliyatida kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan uslubiy-didaktik ta’minot nogironligi bo‘lgan talabalarni jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olish hamda kasbiy faoliyatga moslashtirish talablarini o‘zlashtirish imkoniyatlari va motivatsion ehtiyojlarini korreksiyalash orqali mazmunan optimallashtirilganligiga oid xulosalar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrizabz filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali, Guliston davlat universitetlarida tajriba-sinovi mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 08 yanvardagi 89-03-113-son ma’lumotnomasi). Natijada nogironligi bo‘lgan talabalarning zamonaviy texnik bilimlarni o‘zlashtirish va faoliyatda qo‘llay olish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini pedagogik diagnostika qilish metodlari hamda amaliy ko‘nikma darajasini baholashning motivatsion, kognitiv-faoliyatli, refleksiv mezonlar ko‘rsatkichlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan  mantiqiy topshiriqlar, testlar, loyiha topshiriqlari Oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-277-son ma’lumotnomasi). Natijada nogironligi bo‘lgan talabalarning mustaqil masofaviy ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish