Qarshiboeva Gulnoza Abduqodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlik yoshi davrida suisidal xulqning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P44.
Ilmiy rahbar: Baxriddin Umarov Mengbaevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori; Sulaymonova Toxtaxon Gaynazarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlik yoshi davrida suisidal xulqning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda profilaktik-psixokorreksion chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda ijtimoiy muhit munosabatlardagi (ota-onani yo‘qotish, oilada og‘ir psixologik muhit, jamoada yakkalik, tarbiyaning adolatsizligi) diadalarga ko‘ra xulq-atvor xususiyatlarining populyasion darajada muttasil proksimal (ichki) va distal (tashqi), fasliy va fiziologik o‘zgarishlar suisidal xulqning namoyon bo‘lishiga olib kelinishi asoslanib, ichki dunyosidagi psixologik inqiroz (kelajakka bo‘lgan ishonchning pasayishi, pubertat davrining og‘ir kechishi, ruhiy tushkunlik, hech kimga kerak bo‘lmaslik, jamoada o‘z o‘rnini topa bilmaslik) holatlari o‘z «men»i inkor qilinishi suisidal xulq xavfining ko‘rsatkichi oshishiga olib kelishi dalillangan;
o‘smirlardagi autoagressiv moyilliklar bilan bog‘liq inqirozli («xavotirlik darajasi», «frustratsiya», «keskinlik», «tajovuzkorlik», «stress», «affekt») holatlarning mavjudligi suisidal xulq-atvor ko‘rsatkichining o‘sishiga ijtimoiy psixologik muhit yaratilishi mumkinligi dalillanib, yosh inqiroziga xos bo‘lgan xulqiy transformatsiyalar psixoprofilaktikasi ijtimoiy mexanizm asosida o‘smirlar psixikasiga ijobiy ta`sir ko‘rsatishi, ichki motivatsiyaning oshishiga hamda suisidal xulqning pasayishiga olib kelinishi asoslangan;
yolg‘izlikning sub’ektiv hissiy holatida yuzaga keluvchi salbiy psixologik omillar depressiya holatiga olib kelishi, bu esa o‘smir hayotining keskin kadrsizlanishi oqibatida suisidal xulq atvorning shakllanishiga sabab bo‘lishligi asoslanib, o‘smirlarda verbal va noverbal kommunikativ ko‘rinishlardagi psixologik konsul`tatsiya va psixoterapiyaning zamonaviy samarali strategiyasi asosida psixokorreksion tadbirlarni tashkil etish zarurati ularning qadr-qimmatini himoya qilishga ijobiy ta’sir etish orqali suisidal xulqning oldi olinishi dalillangan;
o‘smirlarning tashqi omillarga nisbatan ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasi oqibatida vujudga kelgan salbiy holatlar (tez xafa bo‘lish, ishonchsiz, o‘zini kamsituvchi, o‘ta ko‘ngilchan, murosasizlik, tobelik, odamlarning fikriga bog‘lanib qolish) tufayli suisidal xulqning namoyon bo‘lishi asoslanib, shaxslararo munosabatni empatik tiklash va suisidal xavf hissi faktorlarini kamaytirish maqsadida psixoprofilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlarini mentalitet xususiyatiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik aspektda olib borish zarur ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlik yoshi davrida suisidal xulqning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ijtimoiy-psixologik muammolari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda ijtimoiy muhit munosabatlardagi (ota-onani yo‘qotish, oilada og‘ir psixologik muhit, jamoada yakkalik, tarbiyaning adolatsizligi) diadalarga ko‘ra xulq-atvor xususiyatlarining populyasion darajada muttasil proksimal (ichki) va distal (tashqi), fasliy va fiziologik o‘zgarishlar suisidal xulqning namoyon bo‘lishiga olib kelinishi asoslanib, ichki dunyosidagi psixologik inqiroz (kelajakka bo‘lgan ishonchning pasayishi, pubertat davrining og‘ir kechishi, ruhiy tushkunlik, hech kimga kerak bo‘lmaslik, jamoada o‘z o‘rnini topa bilmaslik) holatlari o‘z «men»i inkor qilinishi suisidal xulq xavfining ko‘rsatkichi oshishiga olib kelishi dalillanishi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 10 martdagi P-M-3-son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlar o‘rtasidagi suisidal harakatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan psixoprofilaktik tadbirlarni amalga oshirishda milliy odatlar, an’analar, qadriyatlardan keng foydalanishga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qilgan;
o‘smirlardagi autoagressiv moyilliklar bilan bog‘liq inqirozli («xavotirlik darajasi», «frustratsiya», «keskinlik», «tajovuzkorlik», «stress», «affekt») holatlarning mavjudligi suisidal xulq-atvor ko‘rsatkichining o‘sishiga ijtimoiy psixologik muhit yaratilishi mumkinligi dalillanib, yosh inqiroziga xos bo‘lgan xulqiy transformatsiyalar psixoprofilaktikasi ijtimoiy mexanizm asosida o‘smirlar psixikasiga ijobiy ta`sir ko‘rsatishi, ichki motivatsiyaning oshishiga hamda suisidal xulqning pasayishiga olib kelinishi asoslanishi bo‘yicha psixokorreksion tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 31 martdagi 02-01/2-983-son va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 10 martdagi P-M-3-son ma’lumotnoma). Natijada, o‘smirlarning yolg‘izlikni his qilishida ularning yoshini, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini atroflicha o‘rganib, ularda bunga nisbatan ijobiy munosabat va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish bazasi boyitilgan;
yolg‘izlikning sub’ektiv hissiy holatida yuzaga keluvchi salbiy psixologik omillar depressiya holatiga olib kelishi, bu esa o‘smir hayotining keskin kadrsizlanishi oqibatida suisidal xulq atvorning shakllanishiga sabab bo‘lishligi asoslanib, o‘smirlarda verbal va noverbal kommunikativ ko‘rinishlardagi psixologik konsul`tatsiya va psixoterapiyaning zamonaviy samarali strategiyasi asosida psixokorreksion tadbirlarni tashkil etish zarurati ularning qadr-qimmatini himoya qilishga ijobiy ta’sir etish orqali suisidal xulqning oldi olinishi dalillanishiga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» fani mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 10 martdagi P-M-3-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘smirlar hayot mazmunini anglash, o‘z-o‘ziga baho berish ko‘rsatkichini ko‘tarish, nizoli vaziyatlarga nisbatan munosabatini o‘zgartirish maqsadida psixoprofilaktik va pedagogik-psixologik ma’rifat ishlarini muntazam ravishda tashkil qilinishi ularda o‘zini o‘zi nazorat qilish imkoniyatlarini kengayishiga xizmat qiladi;
o‘smirlarning tashqi omillarga nisbatan ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasi oqibatida vujudga kelgan salbiy holatlar (tez xafa bo‘lish, ishonchsiz, o‘zini kamsituvchi, o‘ta ko‘ngilchan, murosasizlik, tobelik, odamlarning fikriga bog‘lanib qolish) tufayli suisidal xulqning namoyon bo‘lishi asoslanib, shaxslararo munosabatni empatik tiklash va suisidal xavf hissi faktorlarini kamaytirish maqsadida psixoprofilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlarini mentalitet xususiyatiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik aspektda olib borish zarur ekanligi dalillanishi zarurligi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» fani mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 31 martdagi 02-01/2-983-son va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 10 martdagi P-M-3-son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlarda o‘zini baholash ijobiy nuqtai nazardan shakllanishiga, yolg‘izlikni his qilish xususiyatlari darajasining kamayishiga, ota-ona, o‘qituvchi va o‘smirlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy jihatdan shakllanishiga yordam bergan.