Vaxobov Anvar Abdusattor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisining harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1795.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Farxod Umirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisining harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari kompetensiyasi tabiiy va texnogen holatlarda tezkor harakatlar mantiqiy fikrlashni rivojlantirish vazifalari o‘quv dasturining ta’limiy maqsadlariga idientiv mosligini bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarining kombinatsiyalashgan amaliy bilimlarga bog‘liq harbiy-kasbiy kompetensiyasi darajasi intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan o‘zaro dinamik aloqadorligi hamda qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion ta’sirini ta’minlash asosida  takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarini  harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli bir biriga aloqador, yaxlit bloklar hamda tuzulmaviy bosqichlarga psixologik-pedagogik va amaliy-texnologik xususiyatlarni oshirishga qaratilgan  assotsiativ anglash komponentini sohaviy yondashuvning fasilitatsion usuliga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarini  harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari harbiy bilimlarni uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borishga imkon beradigan kreativ fikrlashga oid mantiqiy rivojlantiruvchi didaktik materiallarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisining harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari kompetensiyasi tabiiy va texnogen holatlarda tezkor harakatlar mantiqiy fikrlashni rivojlantirish vazifalariga o‘quv dasturining ta’limiy maqsadlariga idientiv mosligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Harbiy rahbar mahorati” nomli darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 110-161). Natijada, bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarining harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik texnologiyasini takomillashtirish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan.
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarining kombinatsiyalashgan amaliy bilimlarga bog‘liq harbiy-kasbiy kompetensiyasi darajasi intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan o‘zaro dinamik aloqadorligi hamda qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion ta’sirini ta’minlash asosida  takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida “Harbiy pedagogika va psixologiya” nomli darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-t-004-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarining harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik, texnik imkoniyatlarini tahlil etish asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonining samaradorligi oshirilgan.
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarini harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli bir biriga aloqador, yaxlit bloklar hamda tuzulmaviy bosqichlarga psixologik-pedagogik va amaliy-texnologik xususiyatlarini oshirishga qaratilgan  assotsiativ anglash komponentini sohaviy yondashuvning fasilitatsion usuliga uyg‘unlashtirishni takomillashtirishga doir takliflar asosida “Harbiy pedagogika va mahorati” nomli darsligi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-162-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarining harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan.
bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarini harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari harbiy bilimlarni uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borishga imkon beradigan kreativ fikrlashga oid mantiqiy rivojlantiruvchi didaktik materiallarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Chaqiriqqacha ta’limda rahbarlik” nomli darsligi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-197-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilarining hozirgi zamon talablariga mos ravishda harbiy-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish