Zokirov Farxod Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi jinsiy a’zolarida vizual anatomik buzilishlari bor qizchalarni olib borishni takomillashtirish», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1609.
Ilmiy rahbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy va psixoseksual moslashuvini ta’minlash maqsadida tashqi jinsiy a’zolarida vizual anatomik buzilishlari bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi jinsiy a’zolarning ambivalent tuzilishida androgenlarga rezistentlik sindromining noto‘liq shakli aniqlanganda ß-inson xorionik gonodatropini bilan stimulyasion test (spesifiklik 89 %, sezgirlik 100 %) o‘tkazish orqali differensial yondashuvlar natijasida muqobil davo usulini tanlash asoslangan;
androgenlarga rezistentlik sindromining noto‘liq shaklida mikropenis boshchasining bir qismini ventral yuzada saqlab qolish texnikasi orqali 2 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda erta jarrohlik korreksiyasini o‘tkazish samarali ekanligi isbotlangan;
ilk bor tashqi jinsiy a’zolarida vizual anatomik buzilishlari bo‘lgan qizchalarda, mukokol`posni davolashda qizlik parda butunligini saqlovchi choksiz jarrohlik usulining samaradorligi asoslangan;
kichik jinsiy lablar bitishmasi – sinexiyalarida klinik simptomatika rivojlanmasdan erta konservativ davo usulini qo‘llash kasallik asoratlarining va qaytalanishining oldini olishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tashqi jinsiy a’zolarida vizual anatomik buzilishlari bo‘lgan bemorlarni davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi jinsiy a’zolar tuzilishining vizual buzilishlari bo‘lgan bemorlarni erta buyicha ishlab chikilgan “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda jinsiy shakllanish buzilishlarini tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 martdagi 8n-r/246-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chaqaloqlarda jinsiy shakllanish buzilishlarini uz vaktida va to‘g‘ri tashxislash imkonini bergan;
tashqi jinsiy a’zolarida vizual anatomik buzilishlari bo‘lgan qizchalarni davolashni optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Tashqi jinsiy a’zolarning vizual anatomik buzilishlarini davolashda yangi yondashuvlar” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 martdagi 8n-r/248-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashqi jinsiy a’zolarida vizual anatomik buzilishlari bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan.