Ortiqov Nosir Tojimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi polimerlar asosida faollashtirilgan ko‘mirlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2248.
Ilmiy rahbar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, texnika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polimerlar asosida kimyoviy toza, mustahkam, mezo va mikro g‘ovakli faollashtirilgan ko‘mir sorbentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KU-2-8 asosida olingan, mezo va mikro g‘ovak saqlagan faollashtirilgan ko‘mir sorbentlarining kul miqdori 0,5% dan kam, uglerod miqdori 95% dan ko‘p va organik moddalarga nisbatan yuqori sorbsion hususiyatga ega ekanligi aniqlangan;
paxta linti asosida mexanik mustahkamligi va sorbsion hususiyati yuqori bo‘lgan hamda yod soni 97% dan kam bo‘lmagan faollashtirilgan ko‘mir sorbentlari olish usuli ishlab chiqilgan;
KU-2-8 va paxta linti xomashyosidan faollashtirilgan ko‘mir sorbentlari olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
faollashtirilgan ko‘mir sorbentlarining sorbsion xususiyatlariga, ularni olish jarayonidagi fizik kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda dastlabki faollashtiruvchi moddalarning konsentratsiyasining ta’siri aniqlangan;
KU-2-8 ioniti asosida olingan faollashtirilgan GS-1 ko‘mir sorbentining o‘tkir zaharlilik xususiyatlari aniqlandi hamda GS-1 ko‘mir sorbentining o‘tkir zaharlash ko‘rsatkichi bir marotaba oshqozonga kiritilganda, o‘rtacha o‘lim dozasi (LD50) >5000 mg/kg dan yuqori ekanligi va zaharlilik darajasiga ko‘ra VI - zaharsiz birikmalar sinfiga mansub ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi polimerlar asosida faollashtirilgan ko‘mirlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlarni tozalash uchun ikkilamchi polimerlar asosida olingan faollashtirilgan ko‘mir sorbentlari «O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2021 yil 15 oktyabrdagi 10-02/FX-3868-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni organik moddalardan tozalash imkonini beradi;
import qilinayotgan texnik uglerod o‘rnini bosuvchi AU-60 markali texnik uglerod xomashyosi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda amaliyotga joriy qilingan («Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJning 2022 yil 21 iyundagi 07-866-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinayotgan N660 markali texnik uglerodni mahalliy AU-60 markali uglerodga almashtirish imkonini bergan.