Bobobekov Farxod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda faktoring amaliyotini rivojlantirish masalalari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1494.
Ilmiy rahbar: Dodiev Fozil O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boboqulov To‘lqin Ibadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda faktoring amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat bankining faktoring amaliyotini amalga oshirish muddatini amaldagi 90 kundan milliy faktoring xizmatida 180 kungacha va xalqaro faktoring bo‘yicha 120 kungacha uzaytirish taklif qilingan;
tijorat banki regress xuquqli faktoring amaliyotini moliyalashtirishni amalga oshirish tartibi ikki bosqichda: dastlab 70% ga, xaridordan to‘liq summa kelib tushgandan so‘ng qolgan 30% ni moliyalashtirish taklif etilgan;
ikki konturli faktoring operatsiyalarida tijorat banki eksportyorni moliyalashtirganda importyor bank unga kafolatlangan faktoring to‘lovini amalga oshirish taklif etilgan;
bank mijozlarga faktoring xizmatini amalga oshirishda ulardan qo‘shimcha hujjatlar (mijoz va debitorning boshqa banklarda ochilgan barcha hisob raqamlarining oxirgi bir yildagi tushumlari)ni talab qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Faktoring amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faktoring xizmatini ko‘rsatish asosida to‘lovchining tijorat bankiga pul talabini bajarish muddati milliy faktoring xizmatida 180 kungacha va xalqaro faktoring xizmatida 120 kungacha bo‘lgan muddat taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2021 yil 24 iyuldagi 77/5–son Qarori bilan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish «Tartibi»ga kiritildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 15 noyabrdagi
32-05/6525-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB mijozlarining faktoring amaliyoti orqali bank operatsiyalarini amalga oshirish hajmi
2021 yilda 2020 yilga nisbatan 1,15 barobar oshishiga erishilgan;
tijorat banki regress xuquqli faktoring amaliyotini moliyalashtirish tartibi ikki bosqichda: dastlab 70% ga, xaridordan to‘liq summa kelib tushgandan so‘ng qolgan 30% ni moliyalashtirish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2021 yil 24 iyuldagi 77/5–son Qarori bilan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish «Tartibi»ga kiritildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 15 noyabrdagi
32-05/6525-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda faktoring amaliyotini amalga oshirish hajmi 2021 yil 1 noyabr` holatiga 575,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan;
ikki konturli faktoring operatsiyalarida tijorat banki eksportyorni moliyalashtirganda importyor bank unga kafolatlangan faktoring to‘lovini amalga oshirish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining
2021 yil 24 iyuldagi 77/5–son Qarori bilan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish «Tartibi»ga kiritildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 15 noyabrdagi 32-05/6525-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning xalqaro faktoring assotsiatsiyasi (FCI )ga a’zo bo‘lish u orqali ishonchli hamkorlar topish va eksport-import faktoring operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan.
bank mijozlarga faktoring xizmatini amalga oshirishda ulardan qo‘shimcha hujjatlar (mijoz va debitorning boshqa banklarda ochilgan barcha hisob raqamlarining oxirgi bir yildagi tushumlari)ni talab qilish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2021 yil 24 iyuldagi 77/5–son Qarori bilan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish «Tartibi»ga kiritildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2021 yil 15 noyabrdagi 32-05/6525-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonlar (mijoz va xaridor)larning faktoring operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida turli xil yo‘llar bilan pul yuvish va boshqa bank nizomiga zid bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirishni oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish