Isakov Azim Yusubjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim muassasalarida mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirish (Pedagogika kollejlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2135.
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirish asosida pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida kasbiy moslashuvchanlik, mustaqil yo‘nalganlik va ijodiy rivojlanishni ta’minlovchi “tizimli-faoliyatli-maqsadli” tuzilma ishlab chiqilgan;
pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan asosda tashkil etish va o‘tkazish modeli ta’limning real kasbiy faoliyatga asoslangan pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish, imitatsion usullarni hamda hamkorlik texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish amaliyotining tizimli, ierarxik tuzilmaga asoslangan axborot-metodik ta’minoti mobil ta’lim va uzluksiz monitoringni ta’minlash hamda mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan integrativ va didaktik mashg‘ulotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish metodikasi mustaqil faoliyatga yo‘naltirilgan holda vaziyatga qarab individual va juftlikda ishlash ta’lim shakllarini qo‘llash, kasbiy muammoli vaziyatlarni yaratish va qaytar aloqani ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim muassasalarida mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida kasbiy moslashuvchanlik, mustaqil yo‘nalganlik va ijodiy rivojlanishni ta’minlovchi “tizimli-faoliyatli-maqsadli” tuzilma ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda joriy etilgan professional ta’lim tizimining pedagogika – 110000 ta’lim sohasi bo‘yicha ta’lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklarning ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja va fan (modul) dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 5/12-9/08-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish ta’limi mazmuni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan asosda tashkil etish va o‘tkazish modeli ta’limning real kasbiy faoliyatga asoslangan pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish, imitatsion usullarni hamda hamkorlik texnologiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim tashkiloti xo‘jalik mudiri” kasbi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha ishchi daftar hamda ishchi daftarni yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma (Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish Kengashi hududiy yig‘ilishining 2021 yil 31 martdagi 1-son bayonnomasi) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 5/12-9/08-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishchi daftar va uslubiy qo‘llanma ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
ishlab chiqarish amaliyotining tizimli, ierarxik tuzilmaga asoslangan axborot-metodik ta’minoti mobil ta’lim va uzluksiz monitoringni ta’minlash hamda mustaqil amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan integrativ va didaktik mashg‘ulotlarni kiritish asosida takomillashtirilganligi, pedagogika kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish metodikasi mustaqil faoliyatga yo‘naltirilgan holda vaziyatga qarab individual va juftlikda ishlash ta’lim shakllarini qo‘llash, kasbiy muammoli vaziyatlarni yaratish va qaytar aloqani ta’minlash orqali takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim tashkiloti xo‘jalik mudiri kasbi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotlariga innovatsion yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash” o‘quv-didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 5/12-9/08-son ma’lumotnomasi). Mazkur takomillashtirilgan o‘quv-didaktik ta’minot pedagogika kollejlarida “Maktabgacha ta’lim tashkiloti xo‘jalik mudiri” kasbi bo‘yicha malakali professional kadrlar tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish